Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
oilalaridan gapirishsa, hatto turmush qiyinchiliklaridan nolishsa ham ularga havasi 
keladigan bo‘lgan edi. U er hukmron bo‘lgan ko‘p bolali oilaga ega bo‘lish orzusida 
yashay boshlagan edi. Chiroyli yoki puldor er havasi shamolda qolgan shamchiroq 
singari umri poyoniga qarab borardi. Shinam oila orzusida u osh damladi. Ikki yon 
qo‘shnisinikiga bir kosadan chiqardi, bir kosani olib yuqori qavatga ko‘tarildi. 
Abduqayum uyda yolg‘iz edi. Nafisa ochiq eshikdan kirib, kosani aravachaga moslangan 
stol ustiga qo‘ydi. Nafisa qo‘shni ayollarning bu xonadonga kirib, gaplashib o‘tirishlarini 
bilardi, «bu bola ko‘p kitob o‘qiydi, bola emas — balo!» degan ta’rifni ham eshitgan edi. 
Shu sababli Abduqayumning «Nafisa opa, bir pas gaplashib o‘tiring», degan taklifini rad 
etgisi kelmadi. 
Shundan so‘ng yolg‘izlik azobiga Abduqayumning suhbatlari malham bo‘la boshladi. 
Shu yerda uning tosh yuragi yumshaganday bo‘lib, zulmatdagi qalbiga iymon nuri asta 
mo‘raladi. 
Omonullo Nafisaning ishxonasiga borganida stoli tortmasidan o‘n ikki varaqli daftar 
olinganini bilmas edi. Nafisa bu daftarga nimalarnidir yozar, keyin uzoq tikilib o‘tirar edi. 
Bu holatga qiziqqan hamxona ayol uning o‘limidan so‘ng daftarni olib o‘qidi-yu, ammo 
joyiga vaqtida qo‘yishni unutdi. Omonullo kelganida esa daftarni uning qo‘liga 
tutqazishdan cho‘chidi. Shu bois Nafisaning qalbidan o‘tganlari sir bo‘lib qolaverdi.  
Nafisa Abduqayumning kitoblardan o‘qib berganlarini eslab, ayrim gaplarni esa yozib 
qo‘yishni odat qilgan edi.  
«Seni haqiqatdan uzoqlashtirib, yomon odatlarga yaqinlashtirgan kimsa eng iflos 
odamdir...» — Abduqayum shunday dedilar. Unda... Eng yaqin odamlarim... eng iflos 
odamlar ekan-da... Voy, Xudoyim, bu ne ko‘rgulik...» 
«Ey Odam farzandi! Dunyoga yomonlik tarqatganni aslo olqishlama! Bu olqishing seni 
zulmlarning eng dahshatlisiga olib boradi...» — Men shunday qildimmi? Endi zulmning 
eng dahshatlisiga uchraymanmi? Voy, Xudoyim, bu ne ko‘rgulik...» 
«Ey boyligi bilan mag‘rur bo‘lgan inson! «Falonchiman!» deb kibrlanma, balki «Asli 
o‘zim kimman?...» deb fikrla. Bugun moliga maftun, avlodiga majnun bo‘lgan ey inson! 
Ko‘z yumgan kuning achchiq-achchiq haqiqatni ko‘rgach tushunasan... Mol-dunyong 
ko‘pligidan sevinma, halol qo‘lga kiritganingdan sevin. Chunki harom daromad seni 
oqibat azobga duchor qiladi...» — Bu azoblar hali menga kammidi... Voy, Xudoyim, bu 
ne ko‘rgulik...» 
«Qalbida iymon nuri bo‘lmagan inson — uyqudadir. Uni faqat o‘lim uyg‘otadi. Shu 
sababli Rasulluloh «insonlar uyquda, o‘lganlarida uyg‘onadilar», degan ekanlar...» — 
Men qanday uyg‘onar ekanman, Voy Xudoyim...» 
Hamxona ayol bu satrlarni o‘qib ko‘p ham ta’sirlanmagan, «eskichaga o‘qiyotgan 
ekanda», deb qo‘ya qolgan edi. «Qalbning nurlanishi» degan tushunchadan uzoq 
bo‘lgani uchun ham Nafisaning satrlariga ko‘chgan tuyg‘ulariga hamroz bo‘la olmagandi. 
Daftarni Omonullo o‘qigan taqdirda ham «qotilni aniqlashga yordam beruvchi dalil yo‘q», 
deb qo‘ya qolar edi. 
Idora xo‘jayini «milisaga «g‘ing» desalaring onalaringni ko‘rsataman», degani sababli 
hamxona ayol Omonulloga bor gapni aytishdan qo‘rqdi. 
... Nafisa o‘sha kuni ertalab bozorga kirib issiq non, qulupnay ko‘tarib kelib 
idoradagilarni mehmon qildi. Mehnat ta’tilini tog‘da, eri bilan o‘tkazajagini hamxona 
ayolga aytdi. Shunda «yo bugun, yo ertaga olib ketishlari kerak, hammomda kran 
o‘lgurdan suv oqyapti. Usta chaqirsam kelmayapti, yo‘g‘imda suv sharillab oqib ketsa 
qo‘shnilarimdan balolarga qolaman», deb nolidi. Shunda hamxona ayol: «Voy, Sanjarga 
ayta qolmaysizmi, menikini bir pasta tuzatib bergan, asli kasbi santexnik-ku, 
bilmasmidingiz?» dedi-da, chaqqonlik bilan turib yigitni chaqirib keldi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish