Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
Sarosimasini yashirish maqsadida chaqqonlik bilan shisha og‘zini ochib, istakonni 
yarimlatib quydida, «Sog‘ bo‘l, Knyaz!» deb bir ko‘tarishda bo‘shatdi. So‘ng istakonni 
to‘ldirib Tengizga uzatdi. 
Tengiz uch qultum ichib, istakonni so‘ri ustiga qo‘ydi-da: 
— Koshak, nimalar bo‘lyapti, sen bilmaysanmi? — deb so‘radi.  
— Bilmadim, jinilari qo‘ziganga o‘xshaydi. Meni ham «etap»ga tirkab qo‘yishibdi. 
Bugun-erta jo‘natvorishadi shekilli? «Murik»ning o‘limidan baribir xitlanishgan. 
Hammamizni har tomonga otishsa kerak? 
— Xayrlashgani kirdingmi? — dedi Tengiz undan nigohini uzmagan holda. 
— Shunaqa desak ham bo‘ladi. Knyaz, ikkovimiz hisob-kitobni to‘g‘irlab qo‘yishimiz 
kerak. Sen Bifshteksni bekordan bekorga o‘ldirtirib yubording. 
— O‘ldirtirganim yo‘q, o‘zi lalaydi, uning o‘limi bir tasodif. 
— Tasodifmi, yo‘qmi — baribir sening qo‘lingda o‘ldi. Men u bilan katta ishlarni 
mo‘ljallab qo‘yuvdim. Biladiganlarini o‘zi bilan olib ketdi. Men ko‘p narsa yo‘qotdim. 
Shuning tovonini to‘lashing kerak. 
— Koshak, sen bu cho‘pchagingni boshqa biror laqmaga borib aytgin. Bifshteks senga 
o‘xshagan ahmaq bilan sherik bo‘ladigan ahmaq emas edi. Gapni aylantirmaginda, 
maqsadingni ayt. 
— Knyaz, sen uchun hamma ahmoq. Faqat sengina aqllisan. Xo‘p, agar chindan ham 
aqlli bo‘lsang, men ahmoqqa anavi to‘nka chuchmekning boyligi qaerga berkitilganini 
aytasan. 
— Aytmasamchi? 
— Unda to‘nkaga qiyin bo‘ladi. Jonini sug‘urib bo‘lsa ham bilib olaman. 
— Unga tegma. 
— Aytasanmi? 
— O‘ylab ko‘raman. 
— Yaxshi. Shu aroqni quritgunimizcha o‘yla. 
— Koshak, sen «etap»ga tushdim, deyapsan. Agar Vorkutaga borib qolsang nima 
bo‘ladi? Axir boylik janubda-ku?  
Koshak o‘tirgan yerida bir qimirlab olib «ishing bo‘lmasin», deb g‘o‘dirandi. Bo‘lajak 
fitna qaerda tayyorlanayotganini aniqlash uchun Tengizga shuning o‘zi kifoya qildi. 
«Demak, Koshakka ham aytishgan, u ahmaq jon-jon deb ko‘ngan. Unda nima uchun 
menga ham ay-tishyapti? Nima uchun bu yerga tiqib qo‘yishdi?» Bu savollariga 
ro‘parasidagi Koshak ham javob berishi mumkin bo‘lsa-da, «Bu yerga tushib qolishimda 
shu taviyaning xizmati bor», degan fikrdan Tengiz uzoq edi. Boltiq bo‘ylaridan 
kelganlarni kaltaklash oddiy ig‘vo emas, balki undanda zo‘rroq fitna uchun «odam 
tanlash» marosimi yoki sinov-tajriba ham ekanini u bilmasdi. Ana shu marosimda o‘zini 
ko‘rsatgan Koshak sinovdan o‘tib, kelgusi zulm uchun ayni mos deb topildi. Suhbatda 
Koshak ko‘p ham tarang qilib o‘tirmadi. «Qaerga? Nima uchun?» deb ham garang 
qilmadi. «Pul, ozodlik, chet el» uning uchun kifoya edi. Ammo o‘ziga «qanjiq» degan 
«unvon» taqalishini bilib, o‘zini himoyalash uchun bir-ikki shart qo‘ydi: shartlardan biri 
— Knyazni yo‘q qilish yoki chet elga o‘tib ketgunicha hibsdami, «etap»dami saqlash edi. 
Shuning barobarinda yana bir-ikki zirapchalarning bahridan o‘tishga izn so‘radi. Ular 
ko‘ndilar. Koshak «shartlarini to‘la bajarishadi, Knyaz shu yerda chiriydi», deb o‘ylab 
yanglishdi. Tengizga ham shunday taklif aytishlari, uning rozi bo‘lishi mumkinligini u 
hisobga olmadi.  
Aroq ichib bo‘lingach, Koshak «Qani, ayt!» deb baqraydi. Tengiz gapni chalg‘itishga 
urindi, «ertaga kel», deb ham ko‘rdi. Koshak g‘azablana boshlagach: 
— Aytaman, faqt men bilan teng bo‘lishasan, — deb shart qo‘ydi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish