Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
— Mumkin bo‘lganda nima hodisa yuz beradi? — dedi Tengiz. — Yana o‘sha kun, yana 
o‘sha tun. 
— Ha, ana endi o‘zingizga keldingiz. Siz «olam kitobini yanglish o‘qiymiz», deb 
turibsiz. Holbuki, aslida hammasi yanglish tuzilgan. Dunyo asli makr poydevoriga 
qurilgan imorat. 
— Sizdan bunday gap eshitish menga g‘alati tuyul-yapti, — dedi Tengiz. — Biz, 
sharqliklarda makkor-lik — ojizlar ishi, deyiladi. Siz dunyoni ojiz qilib qo‘yyapsiz. 
— Ha. Siz ana shu ojizlikdan foyda ko‘rmaysizmi? 
— Men? 
— Ha, aynan siz va sizning hamtovoqlaringiz. 
— Bizga xos olam bilan, siz yashayotgan olam bir xil falsafaga, bir xil hayot qonuniga 
bo‘ysunmaydi. 
— Bilaman. Siz «insonlar taqdirini faqat biz hal etishga haqlimiz», deb da’vo qilasiz. 
Hech mahal itbaliq osmonga ustun bo‘ladimi? Hatto nahangning qo‘lidan kelmaydi bu 
ish. Fikrimga qo‘shilasizmi? 
— Qo‘shilmasdan bo‘lak ilojim yo‘q. Qo‘li kishanlangan odam bilan ozod odam teng 
emas-ku axir? 
— Deylik, kishan mening qo‘limda, siz esa ozodsiz. Hayot uchun nima o‘zgaradi? 
Xuddi kun bilan tun almashganday bo‘lmaydimi? Shunday ekan, olam kitobi ustida bosh 
qotirib, bahslashmaylik. Nima deysiz? 
— To‘g‘ri. Har holda bir o‘g‘ri bilan falsafa bobida bahslashaman, deb kelmagandirsiz. 
Bu yerda gaplashayotganingizga qaraganda, jiddiy masala borga o‘xshaydi. 
— Siz uchun jiddiy tuyulishi mumkin. Aslida esa unday emas. Biz sizga, yana yayrim 
do‘stlaringizga, — yigitning bu safar «hamtovoqlaringiz» o‘rniga «do‘stlaringiz» deganiga 
Tengiz ahamiyat berib, yanada sergak tortdi, — hamkorlikni taklif etmoqchimiz. 
— O‘g‘rilarning qonuni hukumat bilan hamkorlikka yo‘l bermaydi, buni bilmaysizmi? 
— Bu gaplarni qo‘ying, knyaz. Qonunni o‘zgartirish mumkin yoki umuman 
bo‘ysunmaslik ham mumkin. Biz o‘rtaga juda ko‘p narsa tikkanmiz siz ozod bo‘lasiz, 
boylikka erishasiz, istagan chet mamlakatga bemalol chiqib ketasiz. 
— Ha, ko‘nga zo‘r narsalar tikdingiz. Yutib olish uchun nima qilishim kerak? 
— Siz avval roziligingizni bering. Qolganini keyin gaplashamiz. 
— Aytaylik, rozi bo‘ldim... 
— Meni «aytaylik...» qanoatlantirmaydi. Menga mard o‘g‘rining gapi kerak.  
— Mard o‘g‘rining... ko‘zlari ochiq bo‘ladi. Baland minoraga chiqib olib ko‘lmakka kalla 
tashlamaydi. Daryogami, dengizgami boshlab bormasangiz ham, hech bo‘lmasa uzoqdan 
ko‘rsating, ma’qul kelsa sho‘ng‘ishga tayyorlanaylik. 
— Uzoqdanmi? Ha, uzoqdan ko‘rsatishimiz mumkin. Sizning tog‘liqlaringiz bir vaqtlar 
yoppasiga ko‘chirilganlar. O‘ttiz besh yildan beri ezilib yashaydilar. Hozir ular 
yashayotgan yerning egalari ularga qarshi zulm tayyorlayaptilar. Siz sheriklaringiz bilan 
ularni himoya qilasiz. 
Bu mavhum gapni eshitib Tengiz o‘ylanib qoldi, «Murik»ning aytganlarini esladi. Yigit 
javob ber, deb shoshiltirmadi. Tengiz tog‘liqlar kim ekanini, qaerda zulm 
tayyorlanayotganini fikran aniqladi. Zulm yerliklar tomonidan emas, boshqa tomondan 
hozirlanayotganini ham fahmladi-da: 
— Hukumat himoya qila olmaydimi? — deb so‘radi. 
— Hukumat aralashgunicha sizlarning himoyangiz kerak bo‘ladi. Xalqaro vaziyat og‘ir 
hozir. Birdaniga biz aralashsak, katta milliy shov-shuv bo‘ladi. Darrov chet el burnini 
suqmoqchi bo‘ladi.  
— Shov-shuv deng? Men esa inglizlarning maqolini esladim. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish