Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
o‘zini tutolmay Akani o‘ldirib qo‘ysa hozir bitta yulduz uchgan bo‘larmidi... «Nahotki 
hammaning joni shu yulduzlarda bo‘lsa, — deb o‘yladi u. — Nahotki iflos odamlarning 
ham joni shunday beg‘ubor, shunday pokiza osmonda bo‘lsa. Bunaqa odamlarning joni 
hojatxonaga tashlansa, hojatxona ham bulg‘anadi... Yo‘-o‘q, yulduzlar odamlarning joni 
emasdir. Balki... shu ayolga o‘xshab xo‘rlanganlarning ko‘zlaridagi yosh osmonga uchib, 
yulduzlarga aylangandir... Qiziq... bu nima uchun yig‘lamaydi? Shuncha gapdan keyin 
ham yig‘lamadi. Yig‘lasa bo‘lardi, yengil tortardi...» 
— Singlim, sen mendan tortinma, yig‘laging kelayotgan bo‘lsa yig‘layver. Erkak 
bo‘lsam ham ba’zan yig‘lagim keladi... 
Ayol javob bermadi. 
Tun yarimlaganda Bobomurodning uyqusi keldi. Tizzasiga bosh qo‘yganicha mizg‘idi. 
Besh-o‘n daqiqadan so‘ng cho‘chib uyg‘ondi-da, «ketib qolmadimikin?» degan xavotirda 
Ayol tomon qaradi. Ayol toshdek qotib o‘tirardi. Bobomurod bir necha marta mizg‘idi. 
Har safar cho‘chib uyg‘onib, xavotirlangan tarzda Ayol tomon qarardi. 
Tongni shu zaylda qarshi oldilar... 
O‘shandan beri Ayol shu uyda yashaydi. Omonullo uni dastlab ko‘rganida «Otam u 
yoqlarda uylanibdi-da», deb o‘yladi. So‘ng boshqa-boshqa xonalarda yotishlarini bilib
muomalalarida er-xotinlik mehri yo‘qligini sezib, ajablandi. Otasidan «Kim bu?» deb 
so‘ramadi. Bobomurod esa «Singlim», deb gapni qisqa qilib qo‘ya qoldi. Ayolning «Biz 
uch kishi edik...» degan gaplarini eshitgach, qanaqa singil ekanini o‘zicha taxmin etdi. 
Taxmin noto‘g‘ri ekanini keyinroq bildi. Bir kuni Bobomurod uning tiliga chiqarolmay 
yurgan barcha savollariga bira to‘la javob berdi: 
— Men hammasini aniqladim: bu qiz bir nomardning qo‘liga tushib qolgan. Bir 
o‘g‘irlikni shu bechoraning bo‘yniga qo‘yib yuborishgan. Tuhmat bilan ketgan. 
Hammasini aniqladim, hammasi hal bo‘ldi. 
Omonullo: 
— Nima hal bo‘ldi? — deb so‘raganida Bobomurod: 
— Tuhmat qilganlar jazolarini oldilar. Bu pok ayol, istasang «amma» degin, istasang 
«opa» — degan edi.  
Omonullo otasining ko‘ngliga qarab «opa» dedi. Ayolni har ko‘rganida unga achinardi. 
Keyinchalik Ayolning rang-ro‘yi yaxshi tomonga o‘zgardi. Chehrasida yoqimli nur ham 
paydo bo‘ldi. Lekin «Biz uch kishi edik...» boshlanganida betlari birdan qorayib, 
ko‘zlaridan nur qochib xunuk holatga kelib qolar edi. 
Bu Ayolning kelganiga o‘n ikki-o‘n uch yil bo‘ldimi yo undan oshdimi, Omonullo aniq 
eslolmaydi. Qamoqdaligida «o‘g‘lim, bundan bu yog‘iga faqat sen bilan birga bo‘laman», 
deb xatlar yo‘llagan odam Ayolning atrofida parvona bo‘lishdan ortmay qoldi. Ayol ko‘p 
gapirmasdi, ovoz chiqarib kulmasdi. Bir narsadan xursand bo‘lsa salgina jilmayib 
qo‘yardi xalos. U jilmayganida Bobomurodning nazarida butun olam charog‘onlashib 
ketardi. Tundlashsa esa uning yuragi siqilib ketardi. Shunday paytlarda ba’zan «Hoy, 
gapirsangchi, soqov emassan-ku axir!» deb koyib ham berardi. Shunda Ayol zaifgina 
jilmayish hadya etib, uning ko‘ngligini ravshanlantirmoqchi bo‘lardi. 
Omonullo otasining bugungi kayfiyatidan sezdiki, Ayolning kasali shunchaki o‘tkinchi 
xastalik emas. Shu bois Omonullo «Otamga dalda bo‘lar», deb bir oz gaplashib 
o‘tirmoqchi edi, Bobomurod unamadi. «O‘rtog‘i bilan kelgan bo‘lsa, hoynahoy biron 
yoqqa ketishayotgandir», degan xayolda «menga halaqit berasan», deb kuzatdi. 
Qaynonasinikiga Safar ham kirib, bir-ikki piyola choy ichishgach, izlariga qaytishdi. 
— Xafa bo‘lmaginu og‘ayni, opangni ko‘rsam yuragim siqilib ketadi, — dedi Safar 
mashinaga o‘tirgach. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish