www.interfinance.uz
2
konsepsiyasi”, E.Xolms ning “Risk-menejment” va boshqalarning ilmiy tadqiqot
ishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, risk tushunchasiga, ya’ni, kompaniyaning risk-
menejmenti asosida yotuvchi: istalgan natijadan o’gishuvchi risk-yoqotish, risk-imkon,
risk-chetlanish kabi yondoshuvlarga ega bo’lgan turlicha qarashlar va paradigmalar
borligini ko’rsatadi.
Shunga ko’ra, Rossiyalik iqtisodchi olim V.T.Sevruk riskka quyidagicha ta’rif
beradi: “Risk – bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq
ehtimollar o’lchovidir”. Professor V.M.Usoskin o’zining “Zamonaviy tijorat banklari”
nomli izlanishida “Risk doimo noaniqlik bilan kelib, oxiri o’z navbatida oldindan ko’ra
bilish yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi”[1], deb izoh beradi.
Agar iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta’riflarni umumlashtirilsa quyidagi ma’noni
olish mumkin: Risk – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, u jamiyatning rivojlanishidagi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda aniq bir yechimga ega bo’lmagan holatning miqdor va
sifat jihatdan qo’shimcha daromad ko’rish yoki ma’lum zarar ko’rish ehtimoliga
aylanishi mumkin bo’lgan voqelikdir.
Risk – bu, miqdor va sifat jihatdan yoqotishlar ehtimolini ko’rsatsa, unga
hayotning har bir jabhasida duch kelishimiz hech kimga sir bo’lmay qoldi. Xususan,
risk iqtisodiyot subyektlari oldida yechimi topilmagan muammolardan bo’lib
hisoblanishi, unga bo’lgan e’tibor yildan yilga ko’payotganligidan dalolat beradi.
O’zbekistonda risk-menejmenti standarti mavjud emas, uni milliy iqtisodiyotga tatbiq
etishdan oldin, xalqaro andozalarni ko’rib chiqqan ma’qul hisoblanadi, zero
“Tayyoriga qarab to’n bichish” ham oson, ham qulay va eng asosiysi, vaqtni va pulni
tejaydi. Bu o’z navbatida yo’limizni oydinlashtiradi, chunki xalqaro standartlar
yuqoridagi savollarga to’liq javob bera oladi!
Birinchi navbatda, moliyaviy risk menejmentining alohida faoliyat sohasi
sifatida paydo bo’lish va rivojlanishi bosqishlarini ko’rib o’tadigan bo’lsak, u risk
sohasining o’ziga qaraganda uncha uzoq bo’lmagan, ya’ni taxminan 40 yillik tarixga
ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu sohani paydo bo’lishi 1973-yildagi 3 ta muhim
voqeiliklar bilan bog’liq:
- Qat’iy belgilangan valyuta kurslar siyosatining tugashi (Bretton-Vuds
tizimining qulashi);
- Chikago opsionlar birjasi ish faoliyatini boshlanishi (Chicago Board Options
Exchange);
- Amerika iqtisodchilari Blek, Shoulz va Mertonlarning opsionlar qiymatini
hisoblash modeli (yevropacha) nashr etilishi.
Moliyaviy-risk menejmenti rivojlanishi, asosiy moliyaviy risklarni baholashning
yangi metod va yondoshuvlari shakllangan 3 bosqichdan o’tdi, ular:
Birinchi sifat bosqichi, moliyaviy risklarni baholash, nazorat va boshqaruvi
metodologiyasi sohasidagi, 1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshidagi risk me’yori
qiymati modeli VaR (Value-at-risk, “riskdagi qiymat”) paydo bo’lishi bilan bog’liq.
VaR moliyaviy instrument bilan egalik qilgandagi yo’qotishning mutloq maksimal
hajmini ko’rsatadi. VaR ko’rsatkichi birinchi navbatda, yirik moliyaviy institutlar
tomonidan ma’qullangandan keyin, moliya bozori boshqaruvchilari tomonidan e’tirof
etilgan. Bunda ehtimol so’ngisi bo’lib, 1994 yilda J.P. Morgan banki tomonidan
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил
Do'stlaringiz bilan baham: |