Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
83 
library.ziyonet.uz/ 
 
Oʻtarda jilvagohing boʻlgʻusidur,  
Esarda xoki rohing boʻlgʻusidur.  
Bahoriy ravza sori qilsang ohang,  
Mening soʻgum uchun toʻk ashki gulrang.  
Chu sayfiy ravzagʻa
(3)
 mayl aylasang shod,  
Halokim naxli shoxu bargin et yod.  
Xazoniy ravzagʻa
(4)
 qilsang xirome,  
De anda bu sarigʻ yuzdin salome.  
Shitoyi ravzani
(5)
 qilsang guzargoh,  
Damim yod aylab, anda chek sovugʻ oh.  
Yana Moniygʻakim naqqoshi Chindur,  
Anga kilki qazodin ofarindur.  
Degaysen ul mahalkim, kilki tahrir,  
Chekib ul toʻrt qasrim qildi tasvir;  
Biri Yunongʻa markab surganimni,  
Qilib razm, ajdaho oʻlturganimni.  
Ikinchi Ahramangʻa aylabon kin,  
Jahonni qilgʻonim qon birla rangin.  
Uchunch Iskandari Rumiy tilismin  
Ki, ochtim teng qilib yer birla jismin.  
Boʻlub toʻrtunch Suqrotga raqamkash  
Ki, gʻori ichra kirdim ajdahovash  
Ki, to olam binosi boʻldi bunyod,  
Bu yangligʻ qilmadi ish odamizod.  
Chekibtur sa’y etib bisyor-bisyor,  
Yudik boshtin-ayoq zinhor-zinhor.  
Yugʻondin soʻng soʻyub ayvondin oldik,  
Haririn suvgʻa yoxud oʻtgʻa soldik.  
Nechukkim, foniy oʻldi jismu jonim,  
Jahondin boʻldi Kim nomu nishonim.  
Ishim gardun kuhan toqidin itsun,  
Misolim charx avroqidin itsun.  
Koʻra olmasni bildik yaxshi gar dun,  
Mening naqshimni devor uzra gardun.  
Yana Qorangʻa ham mendin salom ayt,  
Nekim raygʻom qilgʻumdur, tamom ayt!  
Degil, har toshkim, tesham ushotti,  
Yigʻib gardun borin boshimgʻa otti.  
Qachon yogʻdursa gardun yuz tuman tosh,  
Bular ostida netgay bir sinuq boshgʻ!  
Falakvash togʻlarkim, yerga soldim,  
Qazodin borchaning ostigʻa qoldim.  
Manga boʻldi falak qatl aylagan chogʻ,  
Uzolgʻon turbatimning toshi bir togʻ.  
Ul oʻttikim, degaymen koʻhi gʻammen  
Ki, koʻhi gʻamning ostida adammen.  
Qayu naqshimki xoro uzra qozding,  
Boshida ismu alqobimni yozding.  
Chekib metin xaroshi xora qilgʻil,  
Otimni men kibi ovora qilgʻil.  
Chu qoldi toshning ostida zotim,  
Boʻlur gar boʻlmasa tosh uzra otim.  
Yana olamda shahru togʻu vodiy,  



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish