Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
151
library.ziyonet.uz/
mayl koʻrsatgan narsaga ortiqcha ruju’ qilmaslik lozim, degan fikrni tasdiqlash uchun
«yaxshining koʻpidan yomonning ozi yaxshi» maqolini keltiradi.
LIV
Bob sarlavhasida shoir bu dostonni tugallash, undagi voqea – hodisalarni oxiriga yetkazishga
gʻayrat koʻrsatganini bayon etadi.
1. «Lo» – arabcha; yoʻq, emas, degan ma’noni, inkorni anglatadi. «da’» – arabcha: tashla, yoʻq
qil, demakdir.
2. «Alqamdu lillohillazi vaffaqani min iftitohiha ilo ixtitomihi va sallalohu alayhi va olihi va
ashobi kiramiht – arabcha: meni boshlab tugatishimga muvaffaq qilgan Ollohga maqtovlar
boʻlsin, Muhammadga, uning ehtiromli yaqinlari, sirdoshlariga Olloh rahmati boʻlsin, demakdir.
3. Kumayt – qora toʻriq (ot), bu yerda shoirning qalami koʻzda tutiladi. Navoiy bu oʻrinda istiora
san’atini ishlatadi.
5. Birjis – q. Mushtariy sayyorasi.
6. Taylason – rido (darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi).
7. Nohid – q. Zuhro yulduzi.
8. Bu fasl avvalidan shu baytga qadar Navoiy oʻzining qanday qiyin va sharafli ishni bajarganini
(ya’ni yangi dostonni yozib tutallaganini) badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi. Keyingi
baytlarda esa shoir uni tushunib yetmagan, binobarin, qadrlay olmagan «koʻri modarzod» (ya’ni
«tugʻma koʻrlar», «boyqush», «koʻrshapalak», «daniylar» (ya’ni pastkash odamlar), «qora
qoʻngʻiz» (gul isidan halok boʻladigan) kabilardan noliydi.
9. Baytning mazmuni: lekin har kim, agar nozikfahm boʻlsa, bu ikkovining (ya’ni yuqoridagi
baytlarda tasvirlangan qora qoʻngʻiz va bulbulning xushboʻy guldan ta’sirlanishda qaysi biri haq
ekanini bilib oladi. Shoir bu yerda badiiy adabiyotning nozikligi, uning jonbaxshligiga ishora
qiladi.
10. Bu va keyingi ikki baytda Navoiy faxriya usulidan foydalanib oʻzining qanday shoir
ekanligini ta’riflaydi. Bu oʻrinda goʻzal istiora, tashbih va ifodali ruju’ san’atlarini qoʻllaydi.
11. Baytda shoir litota san’atini qoʻllab, oʻzini tufroq deb ataydi, tufroq boʻlganidayam elning
oyoqlarn ostida yanchilib (baytdagi «koʻp topmoq» – yanchilmoq, ezilmoq ma’nosida
ishlatilgan) ketgan, quyun kabi ahvoli toʻs-toʻpolon tufroq, deb yozadi.
12. Baytning mazmuni: yel toʻdasidek bir dam jahonni kezdiradi, (yana bir dam) bugʻ boʻlagidek
osmonni aylantiradi. Bu yerda shoir oʻzi haqida soʻzlab, yuqorida aytilganidek oʻzini tuproq
bilan tenglashtiradi va hodisalarning qattiq esgan sovuq shamoli tuproqni ne koʻylarga solishini
tasvirlaydi.
13. Oʻturmay – bu yerda oʻtkarmay ma’nosida ishlatilgan.
14. Bu va bundan avvalgi baytlarda Navoiy oʻzining ahvoli ruhiyasini ochib berishga intiladi.
Saroydagi teskari kuchlar, unga muttasil turli masalalar yuzasidan murojaaat qilib turuvchi
sanoqsiz odamlardan charchaganligi, – hech boʻlmasa ―24 soat ichida 24 marta osuda nafas
Do'stlaringiz bilan baham: |