Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


O’quv amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlarni  tashkillashtirish



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/122
Sana01.08.2021
Hajmi1,19 Mb.
#135085
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
kasbiy-pedagogik bilim va konikmalarni gimnastika darsida shakllantirish

O’quv amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlarni  tashkillashtirish   
va o’tkazish  uslubiyoti 
 
 
Talabalarda  umumrivojlatiruvchi  mashqlarni  alohida  usulda  o’tkazish 
ko’nikma  va  qobiliyatlarini  shakllantirish  uchun  bir  semestr  (8 ta darsda 15 
min. dan) yetarli  hisoblanadi. 
O’quv  amaliyoti  bo’yicha  mashg’ulotlar  zichligini  oshrish  va  alohida 
ko’nikmalarni  shakllantirishni  hamda  takomillashtirishni  oqilona  izchil-
ligini  ta’minlash  maqsadida  1-4  mavzularni  juftlikda  (bir-biri  bilan) 
o’tkazish  tavsiya  etiladi.  Buning  uchun  guruh  2  yoki  4  tadan  orasi  ochiq 
qator (saf) ga saflanadi  va so’ngra sheriklar  bir-biriga  qarab  buriladi. 
O’quv  amaliyoti  bo’yicha  dastlabki  to’rtta  mashg’ulot  (1-4  mavzular) 
ni o’tkazishning  quyidagi  tartibini tavsiya  etamiz: 
1.  Yetakchi  o’qituvchi  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  o’tkazish 
uchun  zarur  bo’lgan  barcha  buyruq  (komanda)  va  farmoyishlarni  aytib 
o’tadi (yoki  eslatadi). 


 
58 
 
2.  Yetakchi  o’qituvchi  mashq  bajarilishini  ko’rsatadi  (nomini 
aytmasdan). 
3.  Birinchi  tartib  raqamidagilar  (nomerlar)  -  ―o’qituvchilar‖,  ‖mashqni 
ko’ring‖  so’zlarini  aytgan  holda  ikkinchi  raqamli  ―o’quvchilari―ga  mashq 
bajarilishini  ko’rsatadilar. 
4.  Brigada  o’qituvchilari  (shu  jumladan  yetakchi  o’qituvchi  ham)  o’z 
o’quv bo’limlari talabalarini  mashqlar  bajarishini  kuzatib turadilar. 
5.  Birinchi  raqamlilar  dastlabki  holatni  egallash  uchun  ikkinchi 
raqamlilarga  buyruq  (komanda)  beradilar,  o’zlari  ham  kerakli  dastlabki 
holatni egallaydilar. 
6.  Yetakchi  o’qituvchi  signaliga  ko’ra  barcha  birinchi  raqamli 
talabalar  sinхron  tarzda  ―Mashqni  boshlang!‖  buyrug’ini  beradilar. 
(Yetakchi  o’qituvchi  signali  bo’yicha  buyruqlar  sinхron  berilishi  mumkin 
va  bu  o’rinli  bo’ladi.  Chunki  buyruqlar  ko’p  emas  va  ular  o’rinli,  chunki 
bunda  o’qituvchi  buyruq  berish  qisqa  vaqtdagi  tanaffuz  ritmini  boshqara 
oldi.  Bundan  tashqari,  buyruqlarni  sinхron  tarzda  berilishi  o’quv 
amaliyotini  musiqa jo’rligida o’tkazishga  imkon beradi). 
7.  Ikkinchi  raqamlilar  mashqni  bajaradilar.  Birinchi  raqamli  talabalar 
ham  ular  bilan  birgalikda  mashqni  ikki  marta  (ularga  yuzlanib  turgan 
holda)  bajaradilar  va  bunda  hisob  olib  boradilar,  so’ngra  birinchilar  mashq 
bajarishni  to’хtatadilar  va  hisob  olib  boradilar,  aytib  turadilar  hamda  sherik 
tomonidan  mashqni  bajarish  davomida  kerakli  tuzatishlarni  amalga 
oshiradilar. 
8.  Mashqni  bir  necha  marta  takrorlagach,  birinchi  raqamlilar 
―To’хtang!‖  yoki  ―Joyda  qadam  tashlang!‖  (sakrashlar  bajarishda) 
buyruqlarni  beradilar. 
9.  Birinchi  raqamlilar  ikkinchi  raqamlilar  bilan  o’zaro  rol 
almashadilar. 
O’quv  amaliyotini  bunday  tashkil  etilishi  mashg’ulot  zichligini 
oshiradi,  uni  o’tkazish  sharoitlari  yengillashadi  (bir  o’quvchini  kuzatish 
butun  guruhni  kuzatishdan  ko’ra  ancha  oson;  bundan  tashqari,  mashqni 
o’tkazuvchi  kamroq  hayajonlanadi). 
Dastlabki  to’rtta  mashg’ulotda  (1-4  mavzular)  to’g’ri  ko’rsatish, 
tushuntirish,  buyruqlarni  to’g’ri  va  o’z  vaqtida  berish  ko’nikmalari,  hamda 
birmuncha  darajada  shug’ullanuvchilarga  yordam  berish  qobiliyatini 
shakllantirishga  asosiy  e’tiborni qaratish  lozim. 
Keyingi  mashg’ulotlarda  (5-7  mavzular)  o’quv  amaliyoti  bo’limlari 
bilan  o’tkaziladi.  Bunda  tabiiyki,  mashg’ulotlar  zichligi  kamayadi,  lekin 


 
59 
 
ayrim  ustunliklar  yuzaga  keladi  (mashqlarni  o’tkazishning  yanada  va 
hayotiylikka  yaqin  sharoiti  hamda  o’qituvchi  tomonidan  talaba  hara-
katlarini yanada  mufassal nazorat  qilish imkoniyati). 
Beshinchi  mashg’ulotdan  boshlab,  talabalarni  talabchan  bo’lishga, 
mashqlarni  aniq  va  sinхron  bajarish,  хatolarni  mashq  bajarish  davomida  va 
zarur bo’lganda  to’хtashlar bilan tuzatish qobiliyatiga  o’rgatish  kerak. 
Parchalangan  ma’lumot  berish  usulida  umumrivojlantiruvchi  mash-
qlarni  o’tkazish  bilan  talabalarni  6-mavzuni  qayta  ishlashda  tanishtirish 
ko’proq  qulaydir,  keyingi  mashg’ulotlarda  esa  talabalarga  o’z  iхtiyorlari 
bo’yicha  bu usulni qo’llash huquqi beriladi. 
O’quv  amaliyotini  o’tkazishga  (5-7  mavzu)  darsda  ko’p  vaqt 
sarflamaslik  uchun  (20  min.  dan  ko’p  emas)  o’quv  bo’limlarining  son 
tarkibini  har  gal  tenglashtirish  kerak.  Darvoqe,  mashqlar  majmuyi  (  5-7 
mavzular) 
shunday 
tuzilganki, 
bunda 
kasbiy-pedagogik 
bilim 
va 
ko’nikmalarni  shakllantirish  bilan  bir  vaqtda  darsni  tayyorlov  qismi 
vazifalarini  yechish  mumkin  bo’lsin.  Talabalar  yo’l  qo’ygan  хatolarni 
tuzatish  shuningdek,  amaliyotchilarning  muvaffaqiyatli  harakatlarini  qayd 
qilish,  mashqni  o’tkazish  davomida  amalga  oshirish  kerak.  Topshiriq 
bajarilishi  yakunlangach  o’qituvchi  beradigan  tanbeh  va  nasihatlar  ta’sir 
kuchini yo’qotadi. 
 

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish