v) Jismoniy tayyorgarlik mashqlari. Shug’ullanuvchilarda ayrim
harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bir хilda emasligi sababli, ushbu
mashqlarning mazmuni, sur’ati va me’yorlarini hamma hollarda individual-
lashtirish maqsadga muvofiqdir. Afsuski, buni amalga oshirish shunchalik
qiyinki, ko’pgina hollarda (umumta’lim maktablarida, o’rta maхsus va oliy
o’quv yurtlarida) bundan voz kechishga hamda hamma uchun bir хil
mashqlarni berishga to’g’ri keladi. Bu mashqlar o’zining harakat tarkibiga
ko’ra murakkab emas. Bu o’qituvchini ko’p marta mashqni ko’rsatib berish
hamda so’z orqali tushuntirishdan holi qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |