85
Bosh bo„laklar. Kesim nutq predmetining belgisini tasdiq yoki inkor yo‗li
bilan anglatadigan bo‗lak ekani. Kesim-predikativ markazni tashkil qiluvchi bosh
bo‗lak. Kesimlarning morfologik ifodasiga ko‗ra turlari: ot-kesimlar, fel-kesimlar.
Kesimning tuzilishiga ko‗ra turlari: sodda kesim, sostavli kesim va murakkab
kesim. Mustaqil va nomustaqil kesimlar.
Murakkab kesimlar. Bog‗lama. Fel bo‗lmagan so‗zlar bilan birga kelib,
kesimni shakllantirish, predikativlikni ko‗rsatish, modallik, zamon, mayl, shaxs-
son ma‘nolarini ifodalash uchun qo‗llanishi. Kesimning ega bilan moslashuvi.
Ega gapdagi fikr qaratilgan predmetning nomi ekanligi. Ega harakatini
bajaruvchi shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi qarashli
predmet nomini bildirishi. Ega va subyekt. Eganing turli so‗z turkumlari bilan
ifodalanishi. Eganing qo‗llanmaslik holatlari. Eganing kesim bilan shaxs va songa
ko‗ra mos bo‗lishi. Eganing birikmali (yoyiq) kelishi.
Egasiz gaplar o‗z logik-grammatik xususiyatiga qarab egali gaplardan
farqlanishi. Egasiz gaplarning turlari: shaxsi aniq gaplar, shaxsi noma‘lum gaplar,
shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz gaplar, nominativ gaplar, vokativ gaplar.
Bo‗laklarga ajralmaydigan gaplar, ularning mazmunga ko‗ra turlari.
Ikkinchi darajali bo„laklar. Ularning gapdagi semantik va leksik-grammatik
xususiyatiga ko‗ra tasnifi: aniqlovchi, to‗ldiruvchi, hol.
Aniqlovchi predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli
belgilarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo‗lak yekanligi. Aniqlovchining gapda
konstruktiv bo‗lak bo‗la olmasligi.
Aniqlovchining ifodalanishi. Birikmali qo‗llanishi. Aniqlovchining turlari:
sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi.
Sifatlovchili birikma qismlari bitishuv yo‗li bilan birikib atributiv
munosabatini ko‗rsatishi. Qaratqichli birikma qismlari moslashuv yo‗li bilan
birikib, atributiv munosabatini ko‗rsatishi.
Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun qo‗llanadigan
aniqlovchining alohida turi ekanligi. Izohlovchining turlari. Izohlovchining turli
ma‘no ifodalashi.
To„ldiruvchi predikatning obyekt valentligini ifodalaydigan ikkinchi darajali
bo‗lak ekanligi. To‗ldiruvchi hokim bo‗lagiga kelishik yordamida va ko‗makchi
bilan bog‗lanishi va ularning semantikasi. Mustaqil va nomustaqil to‗ldiruvchi.
To‗ldiruvchining turli so‗z turkumlari bilan ifodalanishi. To‗ldiruvchining
vositasiz, vositali turlari, har ikki turning ma‘nosi va qo‗llanishidagi o‗ziga xos
tomonlari. Funksional va nofunksional to‗ldiruvchilar
Hol. Kesimga tobe bo‗lib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni
bildiradigan ikkinchi darajali bo‗lak ekanligi. Hol va to‗ldiruvchi. Holning turli
so‗z turkumlari bilan ifodalanishi. Holning turlari: ravish holi, o‗rin holi, payt holi,
sabab holi, maqsad holi, miqdor-daraja holi.
Determinant bo‗laklar. Ularning gap tarkibidagi qo‗llanish xususiyati.
Funksional va nofunksional hollar
Do'stlaringiz bilan baham: