Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"


Mehnat va uni o‟qitish metodikasi



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/196
Sana23.02.2022
Hajmi2,1 Mb.
#134958
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   196
Bog'liq
Нукус ДПИ 2019 магистратура дастури

Mehnat va uni o‟qitish metodikasi 
―Mehnat va uni o‘qitish metodikasi‖ kursi 5111700 - Boshlang‗ich ta‘lim va 
sport, tarbiyaviy ish ta‘lim yo‗nalishida o‗qitiladi. Ushbu fan dasturi mehnat 
ta‘limining tarixi va rivojlanishi, bo‗limlari, mehnat ta‘limi sohasini tashkil etish 
shakllari va mazmuni, ish turlari bo‗yicha darslarni tashkil etish va o‗qitish usullari 
kabi bilimlarni qamrab olgan. 
Fanni o‗qitishdan maqsadi – talabalarni boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi 
fanining mazmuni va vazifalari, o‗qitish usullari, ta‘limiy vositalar bilan 
tanishtirish va ularni ta‘lim jarayoniga tadbiq etish bo‗yicha bilim, ko‗nikma va 
malakalarini shakllantirishdir. 
Fanning vazifalari- Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limi va tarbiyasining 
asosiy vazifalari o‗quvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumta‘lim 
maktablarining boshlang‗ich sinflarida kasblar haqida ma‘lumot berish izchilligini 
takomillashtirish, Davlat ta‘lim standartlari talabi bo‗yicha nazariy va amaliy 
bilimlar berish. 
Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fani ta‘lim metodikalari kursi fani 
hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg‗or 
o‗qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beraladi. 
O‗quvchilarni amaliy mehnatga tayyorlash va ularni mehnat malaka va 
ko‗nikmalarini egallashlarini ta‘minlaydi. 
Mehnat ta‘limining tarbiyaviy ahamiyati o‗quvchilarda mehnatsevarlik, 
mas‘uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, 
o‗quvchilarning aqliy o‗sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. O‗quvchilar o‗rtasida yo‗lga qo‗yilgan o‗zaro 
yordam esa, ularda do‗stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni 
tarbiyalaydi. 
 
“Mehnat va uni o‟qitish metodikasi” kursi 
Mehnat ta‘limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari
Mehnat o‗qitish metodikasi fanining vazifalari. Mehnat fanini o‗qitishda 
metodik yondashuv. O‗quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash. 
Mehnat darslarini tashkil qilish shakllari. Mehnatga munosabatni shakllantirish. 
Boshlang‗ich mehnat elementlari bilan tanishtirish. 


170 
Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. 
Mehnat va uni o‗qitish metodikasi fanining o‗qitish metodologiyasi. Mehnat 
fanini o‗qitish tamoyillari. Mehnat ta‘limi nazariyasining asosiy negizlari. Mehnat 
ta‘limi va tarbiyasining uzviyligi. 
Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limining mazmuni. 
Boshlang‗ich mehnat ta‘limi DTS tahlili. O‗quv fan dasturlarining mazmuni 
va ularning tahlili (1-4 sinflar kesimida). O‗quv dasturining mazmuni va unga 
qo‗yilgan talablar. Mehnat darslaridagi amaliy ish turlari va mazmuni. 
Mehnat ta‘limining shakl va metodlari. 
Boshlang‗ich sinflarda mehnat shakl va usullari.Metod tushunchalari, uning 
turlari.O‗quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi 
bog‗liqlik.O‗quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishning shak va usullari, didaktik 
materiallardan foyudalanish metodlari. 
Mehnat darslarida qo‗l mehnatidan foydalanish talablari
Boshlang‗ichsinflarda qo‗l mehnatiga o‗rgatishni tashkil qilish shakllari.Qo‗l 
mehnatiga o‗rgatishda ish turlarining mazmuni. Mehnat samaradorligini oshirishda 
qo‗llaniladigan talablar. Mavzuga mos o‗qitish metodlari. 
Boshlang‗ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. 
Boshlang‗ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang‗ich sinflarda 
mehnat ta‘limi tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari va mazmuni. Barcha 
materiallarni o‗rganishdagi uzviylik va uzluksizlik. Mehnat ta‘limada nazariy 
bilimlarning o‘rni. 
Mehnat darslarida o‗quv jarayonini tashkil etish. 
O‗quv jarayonini tashkil etish talablari. O‘quvchilarda mehnat malaka va 
ko‗nikmalarini shakllantirish. Nazariy va amaliy bilimlarni uzviy bog‗lashda 
ko‗rgazmali materiallarning ahamiyati. 
Boshlang‗ich sinflarda mehnat ta‘limidan amaliy ishlar. 
Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida amaliy ish turlari. Ish qurollaridan 
foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari. O‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish mehnati. 
Mehnat ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish 
talablari. 
Boshlang‗ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish. 
Mehnat darslarida iqtisodiy tushunchalarning uzviyligi. O‗quvchilarda iqtisodiy 
faoliyatni 
(tejamkorlik. tadbirkorlik) shakllantirish. 
Mehnat darslarida ish unumini oshirish usullari. 
Mehnat darslarida ish turlari. Ish unumini oshirish shakllari. Mehnat ish 
unumini oshirishni tashkil etish usul va vosirtalari. Mehnat malaka va 
ko‗nikmalarini oshirish.
Mehnat ta‘limi darslariga integratsion yondashuv. 
Integratsiylashgan ta‘limning o‗ziga xos xususiyatlari. Boshlang‗ich sinf 
mehnat darslarida integratsiyalashgan ta‘limdan foydalanishning metodik 
xusysiyatlari. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari. 


171 
Mehnat ta‘limida sinfdan tashqari ishlar. 
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning 
mazmuni. Sinfdan tashqari ishlarning shakllari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar, 
musobaqalar, to‗garak ishlari, mustaqil mashg‗ulot). 
Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari. 
Applikatsiya san‘ati. Applikatsiya turlari (Geometrik shaklli applikatsiya. 
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Badiiy applikatsiyalar. Ko‗p 
rangli applikatsiyalar) haqida tushuncha.Applikatsiya ishlarining mazmuni. 
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. 
Mutafakkirlar 
merosida 
mehnat 
tarbiyasining 
targ‗ib 
etilishi. 
Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari. Kasb-hunarga yo‗naltirishga oid o‗yin 
va tadbir turlari. 
Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish 
Axborot kommunikatsion texnologiyalari haqida ma‘lumot. Mehnat ta‘limi 
darslarida AKTdan foydalanishning o‗ziga xos xususiyatlari. Amaliy 
mashg‗ulotlar uchun taqdimot tayyorlash texnologiyalari. 
Mehnat darslarini tashkil etish metodikasi. 
Darsni 
rejalashtirish 
haqida 
tushuncha. 
Dars 
ishlanmasini 
tuzish 
texnologiyasi. Darsning maqsad va vazifalari, darsning jihozlari va dars jarayonini 
amalga oshirish texnologiyalari. Dars jarayonini taqsimlash bosqichlari. Texnika 
xavsizligi qoidalari. 
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. 
Applikatsiya va mozaika san‘ati haqida tushuncha. Applikatsiya va mozaika 
bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‗g‗ri 
tashkil etish talablari. Applikatsiya va mozaika ishlarining o‗quvchilar 
tarbiyasidagi ahamiyati. Texnika xavsizligi qoidalari. 
Qog‗oz va karton bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish
metodikasi. 
Qog‗oz va karton haqida ma‘lumot. Qog‗ozning ishlab chiqarishdagi o‗rni. 
Qog‗oz va karton turlari va xususiyatlari. Qog‗oz va kartonga ishlov berish 
usullari. Qog‗oz va karton bilan ishlash texnologiyasi. Ish joyini tashkil qilish 
talablari. Texnika xavsizligi qoidalari. 
Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. 
Turli va tabiiy materiallar haqida tushuncha. Turli va tabiiy materiallarni 
to‗plash va ishga tayyorlash. Turli tabbiy materiallardan (barglar, somon 
qalamchalari, yong‗oq po‗choqlari, patlar, o‗simlik urug‗lari va boshqa materiallar) 
applikatsiyalar va o‗yinchoqlar yasash texnologiyasi. Ish joyini to‗g‗ri tashkil etish 
talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari. 
Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. 
Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma‘lumot. Plastilin va loyning 
tarkibi va xususiyatlari. Plastilin va loyga ishlov berish usullari. Plastilin va loy 
bilan ishlash darslarida ish o‗rnini tashkil etish talablari. Plastilin va loy bilan 
ishlash darslari tashkil etish metodikasi. Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya-
gigienik talablar. 


172 
Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Gazlama va ip turlari. Gazlamaning xususiyatlari. Gazlamaning sanoatda 
ishlab chiqarilishi. Gazlama bilan ishlash metodikasi. Gazlamaga ishlov berish 
(o‗lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi. Gazlama bilan ishlashda ish joyini 
to‗g‗ri tashkil qilish talablari.
Yumshoq o‗yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi
O‗yinchoqlar haqida ma‘lumot. O‗yinchoq turlari. Yumshoq o‗yinchoqlarni 
tayyorlash texnologiyasi. Yumshoq o‗yinchoqlar uchun mato tanlash, andoza olish 
va tikish texnologiyasi. Yumshoq o‗yinchoqlarni tayyorlashda ish joyini to‗g‗ri 
tashkil etish. Texnika xavfsizligi qoidalari. 
Loyihalash va modellashtirish ishlari darslarini tashkil etish metodikasi. 
Loyihalash va modellashtirish ishlari haqida ma‘lumot.Loyihalash va 
modellashtirish ishlarining turlari.Modellashtirish elementlari bilan tanishtirish. 
Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari. Loyihalash va modellashtirish 
ishlarida ish joyini to‗g‗ri tashkil etish. Loyihalash va modellashtirish darslarida 
texnika xavfsizligi qoidalari. 
Qishloq xo‗jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish usullari. 
Qishloq xo‗jaligi mehnati haqida tushuncha. Qishloq xo‗jalik mehnati ish 
turlarining shakllari (o‗simliklarni parvarishlash, sug‗orish, oziqlantirish, ko‗chat 
o‗tkazish). Qishloq xo‗jaligi mehnati darslarida texnika xavfsizligi qoidalari.

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish