Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar 
 
Qadimgi 
Markaziy 
Osiyo 
xalqlari 
(ajdodlarimiz)  miloddan  ancha  ilgari  rivoj 
topgan.  Buni  dunyodagi  eng  qadimiy 
dinlardan  biri  –  Zardushtiylik  dinining 
muqaddas  kitobi  hisoblangan  «Avesto»  ham 
isbotlaydi.  Olingan  ma‘lumotlarda  «Avesto» 
kitobining  muallifi  Zardusht  (m.  av.  589–
512-y.)  bo‗lganligi  qayd  etiladi.  U  Markaziy 
Osiyo  hududida  faoliyat  ko‗rsatgan  ilohiyotchi,  faylasuf,  shoir  va 
tabiatshunos olim bo‗lgan.  
  «Avesto»  boshidan  oxirigacha  yer  yuzida  adolat  qaror  topishi 
uchun kishilarning rangidan, tilidan va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy 
nazar  ularning  ro‗shnoli  hayoti  uchun  kurashuvchi  jasur,  halol,  pok 
insonlarni  shakllantirish  va  tarbiyalash  g‗oyasi  bilan  sug‗orilgan.  Unda 
xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, 
 


23 
olam to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy madaniyatlari o‗z 
aksini  topgan.  «Avesto»da  yer  dumaloq  shaklda  yaratilganligi,  uning 
atrofi  okeanlar  bilan  o‗ralganligi  haqida  yozilgan.  Unda  16 
mamlakatning  nomi  ko‗rsatilgan  bo‗lib,  ulardan  to‗qqiztasi  (masalan, 
Sug‗diyona,  Marg‗iyona,  Nisoya,  Gurgon,  Varana  va  boshqalar) 
Markaziy Osiyo hududida joylashgan. 
«Avesto»  shakllanishi  davrida  kishilik  jamiyati  yanada  rivojlana 
bordi.  Ko‗chmanchilikka  asoslangan  Markaziy  Osiyoda  eski  turmush 
tarzi  o‗rnini  o‗troq  yashash  egallay  boshladi  va  dehqonchilik, 
chorvachilik,  hunarmandchilik  borgan  sari  taraqqiy  etdi.  Yangi-yangi 
shaharlar,  obod  qishloqlarning  paydo  bo‗lishi  o‗troq  yashash  turmush 
tarzining afzalliklarini ko‗rsata bordi. Ana shu o‗troqlik turmush tarzining 
odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko‗chmanchilikka asoslangan 
turmush  tarziga  nisbatan  afzalliklarini  ko‗rsatib  berishda  «Avesto»ning 
ahamiyati katta.  
«Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob 
ish  yo‗q…»  deyilib,  xalq  xo‗jaligi  sohasida  dehqonchilikning  muhim 
ahamiyat  kasb  etishi  ko‗rsatib  beriladi.  «Olam  go‗zalligi  dehqondan, 
dehqonchilikdan,  kimki  yerga  urug‗  qadabdiki,  u  odamiylikka  iymon 
keltiradi,  yagona  shu  yo‗lgina  haqiqat  bo‗lib,  qolgani  sarobdir»,  –deyiladi 
unda.  Qo‗riq  va  bo‗z  yerlarni  o‗zlashtirish,  uni  jamoa  o‗rtasida  adolatli 
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, 
uy  hayvonlarini  va  chorva  mollarini  ko‗paytirishga  ham  alohida  e‘tibor 
berilgan. 
«Avesto»da  yer,  suv,  havoni  bulg‗ash,  ifloslantirish  og‗ir  gunoh 
hisoblanadi. Bunday  ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham  tabiatga, 
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‗lmaslikka chorlaydi. 
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday 
deyiladi:  «Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va 
na  sog‗lom  baquvvat  bolalarga  ega  bo‗ladi…  Yomon  ovqatlanishdan 
odob-axloq  ham  aynib  ketadi.  Agar  non  mo‗l-ko‗l  bo‗lsa,  muqaddas 


24 
so‗zlar  ham  yaxshi  qabul  qilinadi».  Bu  yerda  biz  sog‗lom  avlod 
to‗g‗risida,  iqtisodiy  va  madaniy,  ma‘naviy  yuksalish  o‗rtasida  o‗zaro 
bog‗liqlik  mavjudligi  to‗g‗risida  fikr  yuritilganligini  ko‗ramiz.  O‗sha 
davrda  aytilgan  bunday  fikrlar  ajdodlarimiz  Qadimgi  Dunyo 
madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi. 
Bu noyob kitobda patriarxal urug‗ jamoasi haqida, uning tugatilishi 
davrida  iqtisodiy  tengsizlik,  sinfiy  tabaqalanish  haqida  qimmatli 
ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar 
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy,  ma‘naviy  hayoti  haqida  g‗oyat 
muhim  ma‘lumotlar  beruvchi  bebaho  obida,  xalqimizning  merosiy 
boyligidir. 
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish