(aktiv) va sust (passiv) matritsali bo`ladi. Sust matritsada ekranning xar bir
elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga etib
Ko`chma komp’yuterlar turli-tuman: ulkan va og’ir (15 kg gacha), portativ ishchi
stantsiyalaridan to 100 gramm keladigan elektron yozuv daftarchasigacha bo`lgan
SHKlardir. Ular ko`pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og’zaki tilda
«Ko`chmanchi» deb ataladi. Ularning konfiguratsiyasi ko`chmas SHKlar ishchi
stantsiyalari konfiguratsiyasiga o`xshash bo`lib, 800 MGts dan yuqori bo`lgan
chastotali, kuchli mikroprotsessorga, 128 Mbaytdan yuqori sig’imdagi tezkor
xotirali, 10 gigabayt diskli jamlaguvchilarga ega, 8 Mbaytdan yuqori videoxotirali
interfeys va qudratli videoadapterlari bo`lgan komp’yuterdir.
Mohiyatiga ko`ra ular tarmoqdan ta`minlanuvchi oddiy ishchi stantsiyalaridir,
biroq tashqi qobig’i(korpusi) ko`tarib yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va
yassi suyuq kristalli videomonitorga ega. Ular odatda modem va SD—ROMlarga,
lokal hamda Internet tarmoqlariga ulanishi mumkin.
«Lap Top» turidagi portativ komp’yuterlar «diplomat» xajmidagi kichik
chemodanchalar ko`rinishida tayyorlanadi. Ularning og’irligi odatda 5—10 kg
atrofida bo`ladi. Apparat va dasturiy ta`minot ularning eng yaxshi ko`chmas
SHKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.
KOMP’YUTER-BLOKNOTLAR (Note Book va Sub Note Book, shuningdek,
ularni Omni Book — «har erda hozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan
SHKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo`lmagan kitob
hajmidagi mo``jaz chemodancha (ba`zan olinadigan qopqoqli holda) ko`rinishida
tayyorlanadi. O`z xususiyatlariga ko`ra ko`p jixatdan “Lap Top” ga mos keladi,
faqat o`lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan
farqlanadigan komp’yuterdir.
Komp’yuter-bloknotlarning ko`pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq
hisoblash tarmog’iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta`minlaydi. Ular
uncha katta bo`lmagan hajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga
ega. Klaviaturasi har doim qisqa, Tpack Point va Tpack Pad turidagi
manipulyatorlarga ega.
CHO`NTAK KOMP’YUTERLARI (
Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma`noni
bildiradi) 300 gramm og’irlikka ega. Tipik o`lchamlari yig’ilgan holatda
150Ѕ80Ѕ25 mmdir. Ular to`laqonli shaxsiy komp’yuterlar bo`lib, mikroprotsessor,
operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham
klaviatura, ko`chmas SHKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port
bo`limlariga ega.
ELEKTRON KOTIBLAR (
PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba`zan
Hand Help — qo`l yordamchisi deb atashadi) cho`ntak komp’yuteri shakliga ega
(og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm Top ga nisbatan keng funktsional
imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini
saqlovchi elektron ma`lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar
ro`yxatlari, xarajat yozuvlari va boshqalar hakidagi axborotni tashkil qilishga
yo`naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta`minot), maxsus matnli, ba`zan esa
grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.
Ko`pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa SHKlar bilan axborot
almashishi mumkin. Hisoblash tarmog’iga ulanganda esa elektron pochta va
fakslarni olish hamda jo`natish mumkin. Ulardan ba`zilari hatto avtomatik raqam
teruvchilarga ega. elektron kotiblarning yangi modemlari boshqa komp’yuter
qurilmalari bilan masofadan simsiz axborot almashish uchun radiomodem va
infraqizil portlar bilan jixozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: