III BOB. YERGA MULKCHILIK VA YERDAN FOYDALANISH
HUQUQI
1§. Yerga nisbatan davlat mulkchiligi tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yer, yer osti
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar
umummilliy boylikdir deb qayd etilgan. O‘zbekistonning Asosiy qonuni yerlarga
nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yo‘li
bilan hal etgan. Yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksida ko‘chmas mol-mulk turlari qatoriga kiritilgan (83-modda). Yerni bir
joyda ko‘chmas mulk, boshka joyda esa bizni o‘rab turgan tabiiy muhitning
tarkibiy qismi deb atash mumkin. Bu esa yerlarni ham ekologik, ham iqtisodiy
belgilari mavjudligini anglatadi. Yer bir vaqtning o‘zida ham tabiiy ob’ekt, ham
mulk bo‘lib kolavyeradi va uni atrof muhitdan ajratib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer resurslariga nisbatan mulk huquqi
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “O‘zbekiston Respublikasida
mulkchilik to‘g‘risida”gi, Yer kodeksida va “Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilanagan. Mulk huquqi yerlar kimga tegishliligini va
mulkdorlarning tabiiy resurslarga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Yerga nisbatan
mulk huquqi uni egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida
namoyon bo‘ladi.
Yerlar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq asosan davlat
mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-
moddasiga muvofiq yerlar respublika mulki hisoblanadi Fuqarolik kodeksining
214-moddasi ikkinchi qismiga asosan respublika mulki bo‘lgan mol-mulkni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular tomonidan mahsus vakil qilingan
organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tasarruf
qiladilar. Fuqarolik kodeksining 170-moddasi yerga va boshqa tabiiy resurslarga
32
bo‘lgan mulk huquqini Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda boshqa qonunlarda ham
belgilanishini ko‘zda tutadi.
Yerlarga nibatan mulkchilik masalasi Yer kodeksining 16 va 18-
moddalarida, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning
19-moddasida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida
yoritib berilgan.
Yerlarni davlat nomidan tassaruf etishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi. Mazkur
organlarning tabiiy resurlarni tasarruf etish bo‘yicha vakolatlari Yer kodeksi,
mazkur organlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan.
O‘zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya’ni Yer kodeksining 18- moddasida
ko‘zda tutilgan hollarda yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarning mulki
bo‘lishi mumkin. Yerga nisbatan xususiy mulk huquqi masalasiga alohida e’tibor
berish kerak, chunki u agrar iqtisodiyotning o‘q ildizidir. Yerga nisbatan mulk
huquqi davlatga tegishli deb e’tirof etilsada, qonunchilik fuqarolarning yerdan
foydalanish huquqini o‘rnatadi. Bu davlatni yerga nisbatan mulk huquqini tasarruf
etish huquqidan kelib chiqadi va qonunchilik fuqarolarning yerdan foydalanish
huquqining turli shakllarini nazarda tutadi. Yer kodeksining 17-moddasiga
muvofiq jismoniy shaxslar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy
foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi
asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolarning yerdan foydalanishida mulk huquqi alohida ahamiyat kasb
etadi. Chunki, sobiq sovet tuzumi davrida yerga nisbatan davlatning mutloq mulk
huquqini o‘rnatilishi o‘z turmush-tarzi, ijtimoiy faoliyati va an’analariga ko‘ra
yerga xo‘jayinlik xissi bilan yashagan xalqimizni yerdan uzoqlashtirgan edi.
Respublikamiz mustaqillikka yerishgach bozor munosabatlarini joriy etishga
qaratilgan islohotlar natijasida, yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulk huquqi
asta sekinlik bilan joriy etila boshlandi. Bunda asosiy urѓu fuqarolarning yerga
nisbatan xususiy mulk huquqini belgilovchi qonunchilik tizimini rivojlantirishga
33
qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bu sohadagi dastlabki
qadamlardan biri edi. Ushbu farmon birinchi marotaba “savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasi ob’ektlarini, shuningdek, ular joylashgan yer uchastkalarini jismoniy va
yuridik, shu jumladan, xorijiy shaxslarga xususiylashtiriladigan ob’ektlarni sotib
olishda ular foydalanadigan mablaѓlarning manbalari bo‘yicha deklaratsiyani
ulardan talab qilmagan holda tanlov asosida xususiy mulk qilib sotishga ruxsat”
berdi. Davlat rahbarining 1994 yil 20 noyabrdagi “Yerdan foydalanish
samaradorligini oshirish to‘g‘isida”gi farmonida “tuman va shaharlarning
xokimliklariga fuqarolarning meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik
qilishlari uchun yakka tartibda uy-joy qurishga 0,04 gektargacha, shaxsiy
yordamchi xo‘jalikni yuritishga 0,06 gektargacha yer maydonini kimoshdi savdosi
asosida sotishga ruxsat” berilishi fuqarolarning yerga nisbatan mulk huquqini
amalda mustahkamlanishiga asos bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11
apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi
ob’ektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer
maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy
mulk sifatida sotish tartibi to‘ѓrisida Nizom»
3
yer maydonlarini xususiy mulk
sifatida sotish tartibini belgiladi. Unga ko‘ra sotish tegishli hokimliklar va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari
joylashgan yer maydonlarini xususiy mulk sifatida sotish haqidagi qarorlarni
taqdim etishgandan keyin Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari
tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Yer munosabatlarini tartibga solish ob’ektiv ravishda yerga mulkchilik, unga
egalik kilish, undan foydalanish va tasarruf etish kabi yuridik va iqtisodiy
tushunchalar bilan bog‘liq.
Mulkchilik tushunchasi o‘z ichiga uchta muxim momentni oladi:
3
"O
‘
zbekiston Respublikasining xukumati qarorlari toplamii ", 1995 y., N 4, 15- modda
34
-ashyolarning mansubligi ya’ni ularning mavjudligi va anik shaxsga
mansubligi va ularga egalik kilinishi;
-shaxsning mansubligiga yuridik huquqi;
-mansublik buyicha insonlar urtasida iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiy munosabatlarning yakdil tizimida mustaqillikning turli darajalarida
foydalanish, egalik kilish va tasarruf etish mulkchilikning turli tomonlarini ochib
beradi. Qonun xujjatlari yordamida foydalanish, egalik kilish va tasarruf etish
huquqlarini huquqiy rasmiylashtirish jamiyatda xukmronlik kilayotgan real
mulkchilik munosabatlarning mavjudligini tasdiqlaydi.
Demak mulkdor bir vaqtning o‘zida uchta: yer egasi, tasarruf etuvchi va
Do'stlaringiz bilan baham: |