190
11
KIRISH
Yer
mamlakatimiz
aholisining
turmush
farovonligini
ta’minlaydi,
respublikamizning iqtisodiy saloxiyati uchun moddiy negiz yaratadi. Shu sababli
undan xar qanday davrda va sharoitda oqilona, unumli va ilmiy asoslangan tarzda
foydalanishni tashkil etish mamlakat buguni va kelajagi uchun nixoyatda muxim
ahamiyat kasb etadi. Bunda eng avvalo yer bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqiy
normalarning ahamiyati beqiyos kattadir. Ushbu fikrning to‘g‘ri ekanligini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi so‘zlari ham
tasdiqlaydi: "Markaziy Osiyo sharoitida yer Ollox taoloning bebaxo in’omidir. U
tom ma’noda odamlarni boqadi, kiyintiradi. Bevosita dehqonchilik bilan
bog‘langan oilalarnigina emas, balki ma’lum bir tarzda qishloq xo‘jaligi bilan
aloqador barcha tarmoqlar va uning ne’matlaridan bahramand bo‘layotgan
respublikaning barcha aholisi farovon turmush kechirishi uchun moddiy negiz
yaratadi. Ayni vaqtda yer ulkan boylik bo‘libgina qolmay, mamlakatning
kelajagini belgilab beradigan omil hamdir"
1
. Respublikamizda mustaqillik yillarida
yerga oid munosabatlarni huquqiy jixatdan tartibga solish bo‘yicha keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirildi, bunda yer qonunchiligining zamon talablari darajasida
takomillashib borishi nixoyatda muxim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi
yillarda
yerdan foydalanish sohasida ko‘plab yangiliklar joriy qilindi, xususan yerdan ijara
asosida foydalanish huquqi rivojlandi, ner uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy
huquqlar kimoshdi savdolarida sotila boshlandi, eng muhimi rivojlangan bozor
talablariga mos ravishda yer uchastkalarini xususiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Shu asosda davlatimizning yerga doir siyosatida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida hozir amalda bo‘lgan yangi Yer kodeksi, “Fermer
xo‘j‘aligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jaligi
kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Davlat yer kadastri to‘risida” va
boshqa bir qator qonun hujjatlarining qabul qilinishiga davlatimiz rahbarining
yerga oid normativ hujjatlari asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi kunda yerdan
1
Karimov I.A. O
‘
zbekiston buyuk kelajak sari. -Т.: O
‘
zbekiston, 1999. -509-bet.
12
foydalanish soxasida ko‘plab yangi innovatsion loyihalar joriy qilindi, xususan
yerdan ijara asosida foydalanish huquqiga asoslangan fermerlik xarakati rivojlandi,
yer uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlarning kimoshdi savdolari orqali
sotilishi natijasida respublikada yer bozori shakllana boshlandi, eng muximi
rivojlangan bozor talablariga mos ravishda yer uchastkalarini xususiylashtirish
ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Bunday sharoitda respublikamiz hududida mavjud bo‘lgan yer resurslaridan
oqilona, samarali, ilm-fan tavsiyalari, tabiatning umumiy qonuniyatlari asosida
foydalanish va uning muhofazasini to‘g‘ri ta’minlash, shak-shubxasiz, bugungi
kunning birinchi darajali vazifalaridan biridir. Bu vazifani amalga oshirishda yer
huquqining roli juda katta. Chunki u yerdan oqilona va samarali foydalanish va
muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi vazifani
o‘taydi, undan oqilona foydalanish va turli xil g‘ayri qonuniy xarakatlardan
himoya qilish choralarini belgilaydi. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishga
qaratilgan qonunlar yer resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni
asrash, qadrlash, tuproq unumdorligini doimo oshirib borish talablarini o‘rnatadi
va ushbu talablarga rioya qilish choralarini belgilaydi. Demak, yer huquqi butun
jamiyat uchun ham , xar bir alohida shaxs uchun ham yerdan oqilona
foydalanishni ta’minlashda muxim ahamiyat kasb etadi.
Yer qonunchiligi normalari mamlakatimizning boshqa huquq sohalariga oid
qonun hujjatlari bilan uyg‘unlikda, mutanosiblikda amalga to‘g‘ri tatbiq
etilgandagina kutilgan natijani olish mumkin. Buning uchun esa bo‘lajak
mutaxassis harakatda bo‘lgan yer to‘g‘risidagi qonunlar va qonun osti xujjatlarini
yaxshi bilishlari, ularga og‘ishmay rioya qilishlari, qonun talablarini vijdonan
bajarishlari va amaliyotga to‘g‘ri tatbiq qila olishlari lozim bo‘ladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |