1901 yilda Italiyaning Grimaldi g’oridan odam suyagi qoldig’i topiladi (negroid irqiga
mansub xususiyatlar mavjud).
1938 yilda O’zbekistonda Teshiktosh g’ori arxeolog A.P. Okladnikov tomonidan tadqiq
etilib, neantertal tipiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Uni qiyofasini antropolog olim
M.M. Gerasimov tiklagan.
Mustye yodgorliklarini o’rganish 1938 yildan boshlagan bo’lib, hozirgi kunda Markaziy
Osiyoda 300 ga yaqin mustye makonlari aniqlangan. Uning 100 ga yaqini arxeologlar tomonidan
keng o’rganilgan. O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston hududlarida must’e
yodgorliklari mavjud. O’rta tosh asri - mustye davri arxeologik yodgorliklari O’zbekiston hududida
ham mavjud bo’lib, bu davrda yashagan ajdodlarimiz antropogenez shajarasida neandertal odami
nomi bilan ma’lumdir.
O’zbekistonda mustye davri yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat, Xo’jakent, Amir
Do'stlaringiz bilan baham: |