Ikki qavatli tindirgichlar (Emsher). Bu tindirgichda osilma moddalar yuqori qavatdan
pastki qavat tagiga qarab cho’ka boshlaydi. Ya’ni pastki qavat tepasiga nov qilinib, shu nov orqali
tindirilgan suv pastga tushadi. Suv xuddi gorizontal tindirgichdagi singari sekin oqadi.
Yuqori yarusdagi chiqindi suvdan cho’kayotgan osilma moddalar 0,15 metrli yoriqdan o’tib
pastki qavat tagiga tushadi. Yoriq bilan cho’kma oralig’ida 0,5 metrli neytral qavat qoladi. Bu
qavatning vazifasi tindirgichga oqib kelayotgan yangi suvni cho’kmadan ajratish, septikdagi
kamchilikni bartaraf qilishdir, ya’ni cho’kmaning chirigan mahsulotlari bilan chiqindi suvlarni
to’yinishi oldini olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |