Gravitasion suv. Tuproqning nokapillyar kovaklari orqali yuqoridan qo’yi
qatlamlarga erkin harakatlanadigan suv gravitasion suv deyiladi. Gravitasion suvdan o’simlik
yaxshi foydalanadi, Lekin u tezda pastki qatlamga o’tib ketadi yoki suvning boshqa holatiga
aylanib qoladi.
3.Tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari.
Tuproqning suvga bo’lgan talabini ifodalovchi xususiyatlarining barchasi tuproqning suv
xossalarini tashkil etadi.
Tuproqning asosiy suv xossalari-nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’tarish
kobiliyati (kapillyarligi), tuproqning suv bug’latish xususiyati va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |