Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar:
Leksikologiya, tilning lug„at tarkibi, leksema, semema, nomema, sema, lisoniy
birlik, nutqiy birlik, denotativ ma‟no, grammatik ma‟no, leksemaning tayyorligi,
majburiyligi, ijtimoiyligi va umumiy belgiga ega ekanligi.
Leksikologiya grekcha «leksika» so„zidan olingan bo„lib, tilning lug„at
tarkibini o„rganadi. Tilda mavjud bo„lgan so„zlarning hammasi lug„at tarkibi yoki
leksika deb yuritiladi. Lug„at tarkibining quyidagi aspektlari mavjud:
a) tilning asosiy birligi bo„lgan so„z
muammosi;
b) til lug„at tarkibi qurilishi;
d) lug„aviy birliklarning qo„llanilishi;
e) lug„at tarkibining boyishi, taraqqiyoti va boshqalar.
Ushbu masalalar keyingi mavzularda batafsilroq tahlil qilinadi. Demak,
so„z muammosi leksikologiyaning asosiy o„rganish manbayidir. O„zbek
tilshunosligida
leksema
va
so„z atamasining hozirgacha yonma-yon
qo„llanayotganligi va leksemani lisoniy sath birligi atamasi, so„zni nutqiy sath
birligi sifatida qarashga intilish kabi ziddiyatli nuqtayi nazarlar yashab
kelayotganligini aytish joizdir. Tilshunoslar Arastu davridan boshlab leksikaga
ta‟rif berish ustida bosh qotirganlar. Ularning barchasi so„zning alohida-alohida
qirralariga berilgan ta‟riflar bo„lib, leksemaning barcha jihatlarini qamrab olishga
qodir emas. «Bugungi kunda sintaksis bo„yicha tilshunoslik nazariyasida
yaratilgan
kesim haqidagi yangi ta‟limotga tayangan holda o„zbek tilshunosligida o„zbekcha
kesim tushunchasini ishlab chiqish mumkin ekan, bunga bevosita metodologik
omil sifatida tayanib, uni umumiy va xususiy leksema nazariyasiga ham tadbiq
qilish lozim»,- deydi professor H. Ne‟matov. Darhaqiqat, leksemaga ta‟rif berilar
ekan, har bir tilning ichki tabiatidan kelib chiqish zarurati mavjud bo„lishi kerak.
Ma‟lumki, yevropa tilshunosligida leksemaga morfema orqali ta‟rif beradilar,
chunki flektiv tillar, jumladan, rus va arab tillarida o„zaklar mustaqil qo„llanishga
ega emas, o„zak morfemaning bir turi sifatida qaraladi. Chunonchi,
пишу, читаю,
друзья, уши kabi ruscha,
ktb, qr‟ kabi arabcha so„zlarda o„zak qo„shimchalar
bilan
qorishib ketgan, o„zak bilan affiks orasida chegara aniq emas. Turkiy tillarda
o„zak va qo„shimcha orasida chegara aniq bo„lganligi tufayli, leksemaga
morfema orqali emas, balki lisoniy sathning alohida bir birligi sifatida qarash
lozim.
Leksema nima? Bu savolga shunday javob qaytarish mumkin: Jamiyat
a‟zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo„lgan, shakl va mazmunning barqaror
birikuvidan tashkil topgan voqeylikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni
shakllantiruvchi, nutq va lug„atda grammatik morfemalarni o„ziga biriktira
oladigan morfema turi leksemadir. Ma‟lumki, formal tilshunoslikda til va nutq
hodisalari, birliklari farqlanmas edi. Shunga ko„ra, leksema va so„z ham bir-
biridan farqlanmagan. Sistem tilshunoslik nuqtayi nazaridan bevosita kuzatishda
berilgan matn va lug„atlarda qayd etilgan so„zlar nutq birliklari hisoblanadi.
Yuqorida qayd etib o„tganimizdek, til birliklari bevosita kuzatishda berilmagan
bo„lib, ular jamiyat a‟zolari uchun tayyor va majburiy bo„ladi.
Til birliklari (fonema, morfema, leksema, konstruksiya)dan fonemaning to„la
ta‟rifi bilan tanishmiz. Morfemalarni keyingi ma‟ruzalarimizda atroflicha
o`rganamiz.
Leksemaning
nutqdagi
voqeligi
so„zdir.
Leksemalar
konstruksiyalarda mustaqil o„rin egallay olish yoki egallay olmasligiga ko„ra,
mustaqil va yordamchi leksemalarga bo„linadi.
Mustaqil leksemalar nutqda alohidalik xususiyatiga, o„zidan keyin grammatik
morfemalarni ergashtirish qobiliyatiga ega. Biroq leksemalar ichida shundaylari
ham borki, ular gapda mustaqil o„rinni egallay olmaydilar. Bunday leksemalar
sirasiga yordamchi so„zlar (bog„lovchilar, sof ot, fe‟l, ravish, ko„makchi, yuklama,
nisbiy so„zlar va b.:
ham, hamda, biroq, lekin; uchun, bilan, sari, sayin; tag, ost,
bo„y, old; qara; boshla, yubor, bo„l, so„ng, kabi, yanglig„
, burun….) kiradi.
Mohiyatan ushbu yordamchi leksemalar grammatik morfemalardir. Ular
leksemalarga o`xshab, alohidalik xususiyatiga ham ega bo„ladi. Boshqacha
aytganda, yordamchi so„zlar leksemalar va qo„shimchalar orasida « oraliq
uchinchi» bo„lib, ham lekmemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o„ziga
mujassamlashtiradi. Ammo ular na leksemalarga, na grammatik morfemalarga
to„liq teng bo„la olmaydi.
Leksema jamiyatning barcha a‟zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy
sanalishi bilan bir qatorda yana bir qancha xususiyatlarga egadir.
1. Jamiyat a‟zosi leksemani yasamaydi, uni tayyor holda qabul qiladi.
2. Jamiyat a‟zosining ongida har bir leksema boshqa leksemalar bilan
o„xshashlik qatorlarida (paradigmalarda) yashaydi. Masalan:
[daftar] ~
[bloknot]; [daftar] ~ [oynoma] ~ [ro„znoma]; [daftar] ~ [qissa] ~ [roman];
[daftar] ~ [muqova] ~ [varaq] ~ [bet] ~ [bob] kabi.
Daftar so„zi shu
munosabatlar asosida turlicha ma‟no beradi.
3. Leksemalar inson ongida qo„shnichilik munosabatlarida (sintagmatik) ham
yashaydi. Masalan:
[daftar] ~ [yoz] ~ [ol] ~ [sifatli] ~ [matematika] ~ [ona
tili]; [daftar] ~ [son qo„shimchalari] ~ [egalik qo„shimchalari] ~ [kelishik
qo„shimchalari]....
Bu o„xshashlik va qo„shnichilik munosabatlari, ma‟no va vazifa imkoniyatlari
nutqda oydinlashadi, aniqlashadi. Demak, leksemalar til egalari ongida
voqelashgan va voqelashadigan nutqiy imkoniyatlar yig„indisi hamdir.
Leksema til birligi sifatida turlicha imkoniyatlar majmuasi bo„lsa, so„z uning
voqelanishi, ro„yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa kashf etgan moddiy
ko„rinishidir. Har bir leksema nutqda muayyan so„z sifatida namoyon bo„ladi.
Leksema ikki tomonga ega bo„lgan til birligidir. Aniqrog„i, u shakl va mazmun
tomonlaridan iborat ramzdir. Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni
nomema deyiladi. Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobig„i, tashqi
tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma‟nosi, ichki
tomoni….) esa
semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema=
nomema+sememadir.
Do'stlaringiz bilan baham: