Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Barqaror  zidlanishda  fonemalarning  qanday  nutqiy  vaziyatda  bo„lishidan  qat‟iy 
nazar  ulardagi  ziddiyat  saqlanib  qoladi  .  Masalan,til  oldi  unlisi  til  orqa  undoshi 
bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyan bo„ladi. Unli va undoshlar 
orasidagi  qarama  –  qarshilik  barqaror  ziddiyatga  misol  bo„la  oladi.  Yoki 
undoshlarning  paydo  bo„lish  o„rniga  ko„ra,  unlilarning  tor  –  kenglik  xossalariga 
ko„ra,  zidlanish  ham  barqaror  ziddiyatlardir.    Barqaror  bo„lmagan  zidlanishda 
fonemaning  belgisi  kuchsizlanadi.  Masalan,  [b]  fonemasi  so„z  boshida 
jarangsizlashmaydi  va  bu  pozitsiyada  uning  [p]  fonemasiga  zidligi  saqlanadi.  Va 
bu  kuchli  pozitsiyadir.  Ba‟zi  hollarda  esa  jarangli  undoshlar  so„z  oxirida 
jarangsizlashadi  :  луг  (лук  ),  город  (горот),  kitob  (kitop),  aktiv  (aktif).  Bunday 
neytrallanish,  so„nishga  olib  keluvchi  pozitsiya  kuchsiz  pozitsiyadir.  Bunday 
pozitsiyadagi  ziddiyat  barqaror  ziddiyat  deyiladi.  Fonema  va  tovush  munosabati 
invariant  -  variant  dialektikasini  o„zida  aks  ettiradi.  Nutqiy  variantlanishlarda 
fonemalar  turli  –  tuman  tovush  sifatida  yuzaga  chiqadi  va  ularni  shartli  ravishda, 
masalan,  (b1),  (b2),  (b3),  (b4),  (b5),…..  (bn)  tarzida  belgilash  mumkin.  Nutqda 
voqelangan  barcha  (b)  larni  bitta  [b]  fonemasiga  birlashtirishda  ularning  umumiy 
xossalari  “yig„ildi”.  Bunday  umumiy  xossalardan  biri  ularning  akustik  va 
artikulyatsion  o„xshashliklaridir.  Turli  talaffuz  sharoitlarida  bu  umumiy  belgilar 
o„zgarishga  uchrashi  mumkin.  Lekin  bu  o„zgarishlar  miqdor  o„zgarishlari 
darajasida  bo„lib,  sifat  o„zgarishi  bosqichiga  yetmaydi.  Masalan,  [u]  fonemasi 
“yuqori” va “lablangan”lik mohiyatiga ega. Shu boisdan nutqda [u] voqelanganda, 
qanchalik  o„zgarishga  uchramasin,  baribir,  tovush  bu  fonemaning  varianti 
hisoblanishi  uchun  mazkur  “yuqori  tor”,  “lablangan”lik  mohiyati  chegarasidan 
chiqmasligi kerak. Masalan, qurbaqa va kunbotar so„zlarida 2 ta “u” tovushi va 3 
ta  “a”  tovush  mavjud  bo„lib,  “u”  tovush  “yuqori  tor,  lablanganlik”  umumiy 
belgisiga, “a” tovush “quyi keng, lablangan”lik belgisiga ega. Nutqda bu tovushlar 
turli  miqdor  o„zgarishlariga  uchrasa  ham,  ular  “a”  va  “u”  fonemasining  varianti 
hisoblanadi. Kunbotar so„zidagi “u” bilan qurbaqa so„zidagi “u” tovushlari qattiq 
– yumshoqligi bilan farq qiladi. Bu belgilar “u ” fonemasi zotiy mohiyatida mavjud 
bo„lmay,  balki  talaffuz  jarayonida  “q”  va  “k”  tovushlari  ta‟sirida  yuzaga  kelgan 


hodisadir.  Boshqacha  aytganda,  kunbotar  so„zidagi  “u”  tovushiga  xos  bo„lgan 
yumshoqlik, qurbaqa so„zidagi “u”ga xos bo„lgan qattiqlik boshqa bir fonemaning, 
zarraning  “u”  fonemasiga  yopishgan  taxallusidir.  Bir  fonema  ham  jarangli,  ham 
jarangsiz  bo„la  olmaganidek,  “u”  fonemasi  ham  yumshoq,  ham  qattiq  yoki  “a” 
fonemasi  ham  til  oldi,  ham  til  orqa  tovush  sifatida  voqelana  olmaydi.  Demak, 
fonemaning  zotiy  mohiyati  doirasidan  chiqqan  tovush  uning  varianti  sanalmaydi. 
Deylik  ruscha  город  so„zi  nutqda  горот  tarzida  talaffuz  etiladi.  “p”  tovush 
jarangsizlanadi,  “p”  tovushi  “b”  tovushining  varianti  sanalmaydi.  Bu  ikki  so„zda 
“b” alohida va “p” alohida lisoniy mohiyat kasb etadi. 
          Fonema  variantlari  ma‟no  farqlash  qobiliyatiga  ega  emas.  Fonemaning  o„zi 
funksional  ma‟no  farqlash  xossasiga  ega,  ya‟ni  bir  fonemaning  nutqiy  varianti 
o„rnini  ikkinchi  bir  fonemaning  nutqiy  varianti  egallasa,  so„z  ma‟nosi  o„zgaradi: 
besh – bet, ot – o„t, tog„ – tosh kabi.  
         Ba‟zi  tillarda  undosh  fonemalar,  ba‟zi  tillarda  esa  unli  fonemalar  ko„p 
bo„ladi. Masalan, o„zbek tilida 25 undosh va 6 unli fonema, nemis tilida 18 undosh 
va  15  unli  fonema,  abxaz  xalqining  tilida  esa  68  undosh  va  3  unli  fonema  bor. 
Demak,  fonema  va  tovush  bir-biridan  ajralgan  holda  mavjud  bo„lolmaydi  va  ular 
aynan  bir  narsa  ham  emas.  Fonema  umumiylik,  mohiyat,  sabab  belgilariga  ega 
bo„lsa,  tovush  yakkalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat  kabi  belgilariga  egadir. 
Fonemaning  ongdagi  shartli  ifodasi  grafemadir.  Harf  esa  tovushning  ifodasi. 
Qog„ozga  tushurgan  harflarimizda  grafemalarning  xossalari  namoyon  bo„ladi. 
Demak,  fonema  bilan  grafema,  tovush  bilan  harf  o„zaro  munosabatga  kirishadi. 
Har  qanday  tovush  fonema  varianti,  har  qanday  harf  grafema  varianti  sanaladi. 
Fonema haqidagi nazariya, asosan, rus tilshunos olimlari tomonidan ishlangan .  
          1.Boduen  de  Kurtenening  psixologik  fonema  nazariyasi  mavjud.U  bu 
nazariyasida ilk bor fonemaning umumiy tushuncha ekanligi, tovushning fonemani 
tallafuz qilishdagi aniq tassavur ekanligi qayd etilgan . 
         2.Boduen de Kurtenening shogirdi mashhur tilshunos L.B.Shcherbaning fizik 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish