Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Hind – yevropa tillari oilasi, bu oilani o`rganish tarixidan, ovrupashunoslar va
ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind – yevropa tillarining qarindoshligi,
hind – yevropa tillari oilasining guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik
(so`zlashuvchilar va jahondagi o`rniga ko`ra) tillar, hind – yevropa tillarining
ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida.
Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali organish,
avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab chiqilgan edi. Bunda XIX
asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), rus tilshunosi
A.X.Vostokov (1781-1864), nemis olimi A.Shleyxer (1821-1868),fransuz
tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind – yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan
keyin som-xom, fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi.
Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining “Tillarning
qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger (1540-1609) esa
“Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida yevropa tillari
doirasida 11ta “ona til”larni ko`rsatadilar. 4 ta “katta”: grek, latin (roman tillari
bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha
(britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit)
tilini ilmiy o`rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o`rganish esa qiyosiy -tarixiy
tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta‟sir ko`rsatdi. 1786-yilda ingliz
sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794) Kalkuttada qilgan imiy
ma‟ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan
qarindosh ekanligini ko`rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab , bu
tillarda faqat o`zaklarninggina emas, balki grammatik (forma) shakllarning ham
o`xshash, bog`liq ekanligini va bu o`xshashliklarning tasodifiy emasligini, bular
hind – yevropa tillari orasida qarindoshlik munosabati borligini ko`rsatadi, deya
mulohaza yuritdi.
Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya‟ni sanskrit tili va
ko`pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit tilining tuslanish
sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga
qiyoslash” nomli asarini e‟lon qildi va bu asarda mazkur tillardagi tuslanishning
o`xshashligini, bu tillarning bir manbadan kelib chiqqanligini ko`rsatib o`tdi.Olim
o`zining III tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got
va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) hind –
yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o`rganib, tilshunoslikda
“agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi.
Hind – yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar
ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) o`zining
“Qadimgi island tili va island tilining paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida
tillarning qarindoshligi so`zlarning o`xshashligiga emas, balki grammatik
formalarning o`xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm
(nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-
1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida german tillari
va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu
qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h]
tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini
isbotlaydi.
Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov (1711-
1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya grammatikasi” (1755),
“Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida”
(tugallanmagan) asarlari ma‟lum.
1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o`zining “Slovyan tili
haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik aloqalarini asoslab berdi.
Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida
gapirganda
buyuk
olim
Avgust
Shleyxerning
naturalistik
qarashlariga
to`xtalmasdan bo`lmaydi. Shleyxerning “Сравнительно – лингвистическое
иследование” (1848-1850), «Немецкий язык» (1859), «Компендий
сравнительной грамматики индоевропейских языков» (1861-1862) kabi
asarlarida uning eng asosiy g`oyalari o`z aksini topgan. Olimning tilga “jonli
organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish va o`lish”
(inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko`rinishini e‟tirof etish, tillar
shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish faoliyatining naturalistik tafakkuri
asosini tashkil qilar edi.
A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy bobo
tilni o`rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor bo`lgan. Chunonchi,
tillarning ko`pgina qismi yo`qolgan va yo`qolayotgan bir paytda, bizga ma‟lum
bo`lmagan juda ko`p tillar bo`lganligini va shunga yarasha ko`plab bobo tillar
bo`lganligini tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun
kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi
davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari g`oliblik qilmoqda, ularning
yoyilishi hanuz davom etmoqda, boshqa ko`plab tillar ular tomonidan siqib
chiqarilgan”.
1
Tillar tasnifi masalasiga keladigan bo`lsak, Vilgelm fon Gumboldt
nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo`lish ) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g`oyasiga
qo`shiladi, tillarni 3 turga bo`ladi.
1. Tarkibli (односложные), agglyutinativ va flektiv. U buni yer yuzidagi
taraqqiyot bosqichlari bilan uyg`unlashtiradi; xitoy, kxasi, birma, namakva tillari
arxaik ko`rinishlar, turk-tatar, mo`g`ul, fin, venger, dravid, tibet tillari o`tuvchi,
oraliq tillar, semit va hind – yevropa tillari – eng rivojlangan tillardir.
2.Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind – yevropa
tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko`ra 10 guruhga ajratiladi: hind,eron, roman,
german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban.
1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so`zlashadi. Bu 33,7 % ni
tashkil qiladi.
2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so`zlashadi. 26,0%
1
Aмирова Т.А. и д. Очерки по истории лингвистики. М., «Наука» 1975 . 361 стр.
3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so`zlashadi.21,0%
4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so`zlashadi. 14,1%
5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so`zlashadi. 3,4%
6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so`zlashadi. 0,6%
7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so`zlashadi. 0,5%
8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so`zlashadi. 0,3%
9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so`zlashadi. 0,2%
10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so`zlashadi. 0,2%
Demak, hind – yevropa tillari jami 95 tildan hamda 2005,3 million
so`zlovchidan iborat oiladir. Bu tillarning barchasini umumlashtirib turuvchi
tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub.
Hind – yevropa tillarining genealogik tasnifi quyidagicha:
Hind guruhi:
1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda hind;
2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo`ltig`i tomonlari;
3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi;
4). Maratxi, 20 million, G`arbiy Hindiston;
5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston;
6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g`arbi;
7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g`arbi;
8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston;
9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari;
10). Sigan (lo`li) – Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, Germaniya, Turkiya,
Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo`li bilan tarqalgan elatlar tili;
11). O`lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit.
2. Eron guruhi.
1). Forsiy, 15 million, Eronning davlat tili;
2). Afg`on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili;
3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili;
4). Kurd – shimoliy – g`arbiy Eron, Iroq, Turkiya chegaralari va Armanistonda
yashovchi kurdlar tili;
5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston;
6). Osetin, 266 ming, shevalari; iron (shim. Oseteya) va digorga (jan. Osetiya)
kavkaz tillarining ba‟zi belgilari bor;
7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon;
8). Tog`, Ozarbayjon, janubiy Dog`iston;
9). Rushan, 7, 1 ming
10). Shug`non, 12 ming Badaxshon tog`lari;
11). Yag`nob, 1 ming, o`sha yerda va boshqa pomir shevalari.
O`lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so`g`d, xorazmiy, sak tillari.
3.Slovyan guruhi.
A.Sharqiy guruh:
1). Rus, 10 million, Rossiya va sobiq SSSR respublikalarida; shimoliy rus -
“olovchi” va janubiy rus – “alovchi” eng muhim aloqa tili (jahon bo`ylab);
2). Ukrain, 40 million, Ukraina, shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog`iston; o`ng qirg`oq
va chap qirg`oq (Dnepr bo`ylab) tillari mavjud;
3). Belorus, 9 million, Belorussiyada.
Do'stlaringiz bilan baham: |