Abuzalova M


Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
Tashqi  omillar,  jamiyat  va  til,  tilning  ekstralingvistik  omillari,  differensiya, 
integratsiya, tillarning o„zaro ta‟siri, tillarning chatishuvi, bilingvizm, tillarning 
o„zaro progressiv va regressiv ta‟siri. 
 
Til  taraqqiyotidagi  tashqi  omillar-  jamiyat  va  til,  nutqiy  situatsiya,  tilning 
boshqa  tillar  bilan  o„zaro  aloqasi  va  ta‟siri,  tir  taraqqiyotida    differensiya  va 
integratsiya  hodisalari,  tilning  ekstralingvistik  faktorlarini  o„z  ichiga  oladi. 
Paralingvistika, 
psixolingvistika, 
areal 
lingvistika, 
sotsiolingvistika, 
ekstralingvistika singari  sohalar mana shu tashqi omillarni tadqiq qiladi. 
Lisoniy  rivojlanishning tashqi  omillari tilning  hududiy  (areal),  davriy, ijtimoiy  
va  tarixiy  sharoitlariga  ko„ra  yuz  beradi.  Bunda  nutq  jarayoni  aloqa  va  kontakt 
masalalari  va  vaziyatlari  (situatsiya)  hisobga  olinadi.  Tillarning  o„zaro  ta‟siri  va 
bilingvizm    hodisasi,  nutqiy  iqtisod  va  tushunarlilik  qonuniyatlari  o„rganiladi. 
Tashqi  omillarning  asosini-  tilning  ijtimoiy  ahamiyati  va  funksiyalari,  tillarning 
tarixiy taraqqiyotini  tashkil  qiladi. 
Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so„zlovchilarning ekstralingvistik 
omillar ta‟sirida bo„lishlari  ham shu munosabatdan kelib chiqadi. 
Til  –  jamiyat  a‟zolarini  birlashtiruvchi  qadriyat.  Til  umumiy,  nutq  esa  –
xususiydir,  ya‟ni  har  bir  kishining  nutqi  o„ziga  xos,  individual.  Kishilar  o„z 
tafakkur tarziga, fikrlash qobiliyati va imkoniyatlariga ko„ra so„zlaydilar. Bundan 
tashqari  nutqidan  uning  bilish  saviyasini,  umumiy  dunyoqarashi  -  odatlarini, 
madaniyat  darajasini  –  ma‟naviy  olamini  bilsa  bo„ladi,  qolaversa,  har  birimiz  o„z 
uslubimiz (stil) va estetik, etik didimiz, tushunchalarimizga ko„ra turlicha nutqqa 
egamiz. 


Inson – jamiyatda tug„ilib  voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, insoniy til ham 
jamiyat  bilan  birgalikda  rivojlanishdadir.  Til  ijtimoiy  hodisa  sifatida  tabiiy 
hodisalardan  ajralib  turadi.  Masalan,  kishilarning  tabiiy  biologik  xususiyatlari 
(ovqat  eyishi,  nafas  olishi  va  h.)  tabiat  qonunlariga  muvofiq,  jamiyatga  bog„liq 
bo„lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo  tilda so„zlashish va fikrlashish uchun 
kishilik  jamiyati  (sotsial  muhit)  bo„lishi  shart.  Til  nasldan-  naslga,  avloddan-
avlodga  o„tadigan  irsiy  hodisa  emas,  aksincha,  til  jamiyat  taraqqiyotining 
mahsulidir.  Agarda  yosh  go„dak  kimsasiz  orolga  yoki  hayvonlar  orasiga  tashlab 
qo„yilsa,  u  insoniy  tildan  bexabar  bo„lib  o„sadi  (olimlar  bunday  tajriba 
o„tkazishgan yoki eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o„zbeklar orasida ulg„aya, 
tarbiyalansa,  u  faqat  o„zbekcha  so„zlab,  ajdodi    tilini  bilmasligi  mumkin.  Lekin 
xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko„rinishi) irsiy  holda o„zgarmaydi. 
Til va jamiyatning uzluksiz ta‟sirini  tildagi argo, jargon, tabu va evfemizmlar 
yoki semantik o„zgarishlar misolida kuzatish mumkin.  
Tilimizda  muayyan  bir  guruh  kishilarni  ishlatuvchi-  “ko„kidan”,  “soqqa”, 
“mullajiring”, “malak” , “shef”, “oqidan”, “kabutar” kabi so„z va tushunchalar 
tilga,  jamiyatga  oid  hodisalardir.  Shuningdek,  tabu  va  evfemizmlarning  paydo 
bo„lishi ham, ijtimoiy tafakkur, aniqrog„i irim va e‟tiqodlar bilan bog„liq. Masalan, 
ilon  -    “arg„amchi”,  pes  –  “oqarmoq”  kabi  qo„llashlar  bu  yomon  hodisalarning 
oldini  olish,  irim  bilan  bog„liq  bo„lsa,  tug„moq-  “yengil  bo„lmoq”,  “ko„zi 
yorimoq”,  “o„g„il  yo  qiz  ko„rmoq”;  erga  bermoq  -  “turmushga  chiqramoq”  

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish