www.ziyouz.com kutubxonasi
37
ichingiz)dagi narsani biladi. Allohdan qo‘rqinglar», degan nido keldi. Xufyona Allohga
istig‘for aytdim. Yana menga «Alloh bandalaridan tavbani qabul qiladigan Zotdir», degan
nido keldi. So‘ngra nido g‘oyib bo‘ldi va men biror zotni ko‘rmadim».
Zakariyo ibn Dovud aytdilar: «Abul Abbos ibn Masruq Abul Fazl al-Hoshimiy kasallik
vaqtlarida oldilariga kirdilar. Abul Fazl oilali bo‘lib, qaerdan tirikchilik qilib oilalarini
boqishlarini bilib bo‘lmasdi. Abul Abbos aytdilar: «U kishining huzurlarida turgan
vaqtimda o‘zimga-o‘zim ichimda: «Bu kishi qaerdan tirikchilik qilarkin?» dedim. Menga u
kishi: «Ey Abul Abbos, bu past himmatingizni qaytarib oling, chunki Alloh taoloning
xufyona marhamatlari bordir», dedilar».
Ahmad un-Naqib aytadilar: «Shibliyning oldilariga kirdim. U kishi: «Sinovdan o‘tding, ey
Ahmad», dedilar. Shunda «Nima xabar bor?» deb u kishidan so‘radim. U kishi: «O’tirgan
edim, xotirimga sening baxil ekanliging keldi. Sen «Men baxil emasman», deding.
Xotirimga yana «Sen baxilsan», degan so‘z keldi», dedilar». Ahmad bu so‘zni
eshitganlaridan keyin: «Bugun menga dunyo matosidan biron narsa keladigan bo‘lsa,
birinchi yo‘liqqan kambag‘alga berib yuboraman», deb aytdilar. «Shu xayolimni tugatib
ulgurmasimdan oldimga xalifa xizmatchilaridan biri kirib keldi va o‘zi bilan ellik dinor pul
ham olib kelib, «Bu dinorlarni manfaatlaringizga ishlating», dedi. Bu dinorlarni olib
tashqariga chiqdim va bir sartarosh oldida sochini oldirayotgan ko‘zi ojiz kambag‘alni
ko‘rdim. Uning oldiga borib, dinorlarni unga uzatdim. Kambag‘al: «Uni sartaroshga
bergin», dedi. Men: «Buning hammasi shuncha dinor», dedim. Shunda u kishi: «Sen
baxilsan, deb aytmaganmidik?!» dedi. Bas, dinorni sartaroshga uzatdim. Sartarosh esa:
«Bu kambag‘al oldimga o‘tirganida undan haq olmayman, deb kelishgandik», dedi. Men
bu dinorlarni Dajla daryosiga tashlab yubordim va «Seni (ya’ni, dinorni) kim
ulug‘laydigan bo‘lsa, albatta Alloh azza va jalla u kishini xor qiladi», dedim».
Hamza ibn Abdulloh al-Alaviy aytadilar: «Abul Xayr Taynoniyning oldilariga kirdim va
o‘zimcha: «U kishi bilan salomlashaman, lekin u kishining hovlilarida taom yemayman»,
deb ahd qilgan edim. U kishining huzurlaridan chiqib ketayotgan paytimda orqamdan
kelayotganlarini ko‘rib qoldim. Qo‘llarida ovqat solingan tovoq bor edi. Aytdilarki: «Ey
yigit, yeyaver, chunki hozir o‘z ahdingdan chiqding». Abul Xayr Taynoniy karomatlari
ko‘pligi bilan mashhur edilar».
Ibrohim ar-Raqiy aytadilar: «Abul Xayr Taynoniy bilan salomlashishni qasd qilib
huzurlariga borgan edim. Shom namozi bo‘lib qoldi. U kishi namozni boshlab, Fotiha
surasini o‘qib ham ulgurmagan edilarki, dilimga safar xarajatlarim behuda ketdi, degan
xayol keldi va u kishi salom berganlaridan keyin tahorat olishga chiqdim. U yerda bir
yirtqich menga hamla qilmoqchi bo‘ldi. Shu zahoti Abul Xayr Taynoniyning oldilariga
qaytdim, u kishiga «Menga yirtqich hamla qilmoqchi bo‘ldi», deb aytdim. U kishi
tashqariga chiqib yirtqichga baqirib: «Mehmonlarimga ro‘para bo‘lmagin, deb
aytmaganmidim?!» dedilar. Arslon uzoqlashib ketdi. Men tahoratimni olib, keyin u
kishining oldilariga qaytib kelgan edim, menga «Zohiringizni to‘g‘rilash bilan mashg‘ul
bo‘ldingiz, natijada arslondan qo‘rqdingiz va biz botinni o‘nglash bilan mashg‘ul bo‘ldik.
Natijada arslon bizdan qo‘rqdi», dedilar».
Mashoyixlarning o‘tkir farosatlari, insonlarning e’tiqodlari va ko‘ngillaridagi narsalar
haqida xabar berishlari to‘g‘risidagi hikoyalar hisobiga yetib bo‘lmas darajada ko‘pdir.
Yana Xizr alayhissalomni ko‘rishlari, undan xotifdan ovoz eshitgandek so‘rashlari va har
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |