Qur’on, sunnat, suhuf, sura, Usmon mushafi, ro’za, zakot, shariat, farz, mandub,
56
1. Islom dini yuzaga kelishi jihatidai jahon dinlari ichida uchinchi o’rinda turadi.
Islom dini Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo, Kavkaz
xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o’rin tutadi va ayni vaqdda ham ularning ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazib kelmokda. Eron, Pokiston, Afg’aniston,
Saudiya Arabistoni, Liviya, Тunis, Sudan singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini
mavqeiga ega. MDХ, davlatlari xududida Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon,
Тatariston va Boshqirdiston xalqlari o’zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi.
Hozirgi kunda turli qit’alarda yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va
tabaqaviy farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan
hamda jahon ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida salmoqli o’rinlardan birini egallaydi.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va davlatlarida islom diniga nisbatan
qiziqish va intilish kuchayib, unga xayrixoh va tarafdor bo’lganlar soni ko’payib
bormoqda.Respublikamiz Prezidenti I. Karimov “Тurkiston-Press” nodavlat axborot
agentligi muxbiriga bergan interyusida ta’kidlaganidek, “Buning asosiy sababi –
birinchi galda muqaddas dinimizning haqqoniyligi, odamzodni doimo yaxshilik va
ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o’zini oqlagan qadriyat va an’analarni
ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi buyuk o’rni va ahamiyati bilan bog’liq. Ayni
paytda, bu holat dinimizning umumbashariy madaniyat va sivilizatsiya, ilmu fan
rivojiga qo’shgan buyuk hissasi bilan ham izohlanadi”. ХХ asrda musulmonlar dunyo
aholisining 15-16 foizini tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunda bu ko’rsatkich Yer
yuzidagi har besh kishidan birini tashkil etmoqda. 2025 yilda esa, dunyo aholisini 30
foizini islomga e’tiqod qiluvchilar tashkil etishi mumkin.
Mavzudagi eng asosiy masalalardan biri islom dinining vujudga kelishining tarixiy,
ijtimoiy va siyosiy sabablari. Тalabalarga mana shu masalani yoritib berishimiz darkor.
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarimorolida paydo bo’lgan. Ushbu
davrdagi hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni ko’rib chiqamiz. Yarimorol aholisining
asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi arafasida arablar asosan
chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Arabistonning qulay geografik o’rni (hududidan g’arb
va Sharq davlatlarini bog’lovchi karvon yo’llari o’tgan va uchta qit’ani tutashtirib
turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish
darajasi yarimorolning hududlarida turlicha bo’lgan. Uning bepoyon cho’llarida yashagan
ko’chmanchi arablar chorvachilik bilan shug’ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida
Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi.
Karvon yuli o’tgan janubi-g’arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, sun’iy
sug’orishga asoslangan dehqonchilik va qisman xunarmandchilik rivojlangan.
Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g’arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan.
IV—VI asrlarda bu yerla Makka. Yasrib, Тoif singari yirik shaharlar mavjud edi. Ularda
istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining daromadini karvon yo’llaridan kelayotgan boj
soliqlari va savdo-sotiq tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish
natijasida ko’chmanchi chorvador qabilalarda urug’-qabilaviy munosabatlarning
yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo’lish jarayoni kuchaygan.
Arabistonning qulay geografik o’rni, karvon yo’llari bo’ylab boy shahar-davlatlarning
mavjudligi qudratli qo’shni davlatlarning mintaqaga qiziqishini kuchaytirgan. VI
asrning boshlarida Arabistonning janubi-g’arbiy qismida joylashgan Efiopiya
57
(Habashiston) davlati yarimorolning karvon yullari o’tgan qismi (Hijoz)ni bosib olgan.
Lekin Habashiston boy o’lkada mustahkam o’rnasha olmagan. VI asrning ikkinchi
yarmida Eron Sosoniylari davlati Efiopiyani Arabistondan surib chiqargan. Arabiston
Sosoniylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Тalabalarga Sosoniylar hukmronligi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni
keskinlashtirganligini ta’kidlab, buning asosiy sabablarini ko’rsatib o’tish darkor.
Sabablardan biri, Buyuk ipak yo’lining ahamiyatini yanada oshirish maqsadida, Ara-
bistondan o’tgan janubiy karvon yo’lini izdan chiqarishlari bo’lgan. Oqibatda janubiy
karvon yo’li vayron qilingan, karvon yo’lidan kelayotgan daromad esa keskin
kamaygan. Arabistonning tashqi savdo aylanmasi qisqargan va xo’jaligi inqirozga
uchragan.
Arabistondagi iqtisodiy inqiroz natijasida aholining turmush darajasi keskin pasayib
ketgan va ma’naviy tushkunlik yuzaga kelgan. Qabilaviy nizolar kuchaygan. Хalk
Do'stlaringiz bilan baham: