Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

3. Axborot tizimlari 
Tizim tushunchasi 
Tizim  –  bu  qo„yilgan  maqsadlarga  erishish  uchun  o„zaro 
birlashtirilgan va ayni bir vaqtda yagona deb qaraluvchi turli elementlar 
to„plamidir.  Tizimlar  nafaqat  tarkibi,  balki  qo„yilgan  asosiy  maqsadlari 
bo„yicha ham bir-birlaridan farqlanadi. 
1-misol.  Korxona  tizim  deb  qaraladigan  bo„lsa,  uning  elementlari 
sifatida  binolar,  texnik  vositalar,  xom-ashyo,  xodimlar  va  boshqalarni 
ko„rsatish  mumkin.  Korxonaning  oldiga  qo„ygan  asosiy  maqsadi  –  bu 
mahsulot ishlab chiqarishdir. 
2-misol. Telekommunikatsion tizim. Elementlari – aloqa tarmoqlari, 
modemlar,  kompyuterlar,  tarmoq  dasturiy  ta‟minoti  va  boshqalar. 
Asosiy maqsadi – axborot uzatish. 
3-misol.  Axborot  tizimi.  Uning  elementlari  –  kompyuterlar, 
kompyuter  tarmoqlari,  insonlar,  axborot  va  dasturiy  ta‟minot  va 
boshqalar.  Axborot  tizimining  asosiy  maqsadi  professional  axborot 
ishlab chiqarishdir. 
Tizimni  tashkil  etuvchi  elementlar  soni  ixtiyoriy  bo„lishi  mumkin, 
muhimi  ularning  o„zaro  bog„langanligidir.  Masalan,  turli  detallardan 
tashkil topgan texnik vosita; kletkalardan tashkil topgan tirik organizm; 
insonlar jamoasi; korxona; davlat va hokazolar. Lektor va talabalar bilan 
birga ma‟ruzalar zali – tizim; har bir talaba – bu ham tizim; auditoriya 
jihozlari  –  tizim;  alohida stol –  tizim. Stolning  oyog„i  – bu  tizim emas. 
Ammo,  bu  makro  ifodalash  nuqtai  nazaridan.  Agarda  stol  oyog„ini 
mikro ifodalash nuqtai nazaridan oladigan bo„lsak, bu ham molekula va 
atomlarning bog„lanishidan tashkil topgan tizimdir. 
Bu misollardan ko„rinib turibdiki, tizimlar turlicha bo„lishi mumkin, 
ammo ular bir qator umumiy xossa va tushunchalarga ega. Turli belgilari 
bo„yicha  tizim  turlariga  ko„plab  misollar  keltirish  mumkin.  Umumiy 
holda ularni material va abstrakt turlarga bo„lish mumkin. 
Material  tizimlar  material  obyektlar  mosligini  ifodalaydi.  Bunday 
tizimlar ichida noorganik (texnik, kimyoviy va h.k.), organik (biologik) 
hamda  aralash  (organik  va  noorganik  tabiat  elementlarini  birlashtirgan) 
tizimlarni (masalan, inson-kompyuter (ergotexnik)) ajratish mumkin. 
Material  tizimlar  ichida  insonlar  o„rtasida  umumiy  munosabatlarni 
ifodalovchi  ijtimoiy  tizimlar  muhim  o„rin  egallaydi.  Bunday  tizimlar 
tizimostlari 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
insonlarning 
umumiy 
munosabatlarini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar hisoblanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
27 
 
Abstrakt  tizimlar  –  bu  insonlarning  mahsuloti:  nazariya,  bilim, 
qarashlar va boshqalar. 
Tizimlarni vaqtga nisbatan statik va dinamik turlarga ajratish 
mumkin: 
 statik tizimlarda vaqt o„tishi bilan tizimning holati o„zgarmaydi; 
 dinamik tizimlarda esa, uning bajarilishi jarayonida tizim 
holatining o„zgarilishi kuzatiladi. 
Har  qanday  tizim  katta  tizim  tarkibiga  kiradi.  Bu  katta  tizim  uni 
o„rab turadi va berilgan tizimning tashqi muhiti bo„lib hisoblanadi. Shu 
sababli,  tizim  tashqi  muhit  bilan  o„zaro  bog„lanishda  bo„ladi.  Tizim 
tashqi muhit bilan aloqada bo„lganligi sababli ochiq va yopiq tizimlarni 
farqlash  mumkin.  Ochiq  tizimlar  o„zini  o„rab  turgan  tashqi  muhit  bilan 
faol  aloqada  bo„ladi  va  bunday  aloqa  tizimga  rivojlanish  va 
murakkablashish  imkonini  beradi.  Yopiq  tizimlar  tashqi  muhit  bilan 
aloqada  bo„lmaydi,  undagi  barcha  jarayonlar  (energetikdan  tashqari) 
tizim ichida amalga oshiriladi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish