Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Identifik
ator 
Toifa 
biz 
Biznes 
comp 
Kompyuterlar 
news 
Umumiy tasnifdagi yangiliklar 
rec 
Qiziqishlar (xobbi, san‟at) 
sci 
Fan (Ilm) 
soc 
Ijtimoiy mavzular 
talk 
Munozara 
 
Yuqori toifalarga tegishli bo„lmagan munozaralar 
Konferensiyalarda  muloqot  qilish  davrida  ma‟lum  bir  qoidalarga 
(tarmoq etiketi) rioya qilish qabul qilingan. 
11. Masofaviy ta’lim tizimlari 
Masofaviy ta’lim tushunchasi 
O„qitish bu – maqsadga yo„naltirilgan bilim, ko„nikma va ma‟lumot 
bilan qurollanishning tizimli, tashkillashtirilgan jarayonidir, bu – o„qish, 
tarbiya olish va shaxsni rivojlantirish natijasidir. 
Oldimizda  turgan  XXI  asrda  yuqori  darajadagi  industrial  jamiyatga 
o„tishda  aholining  aksariyat  qismi  oliy  ma‟lumotli  bo„lishi  lozim. 
O„qishning  an‟anaviy  usullarini  qo„llab  o„qitish  katta  mablag„  hamda 
ko„p sonli insonlarning mehnat faoliyatini kamaytirishga olib keladi. 
Axborot  va  telekommunikatsion  texnologiyalarning  jadal  sur‟atlar 
bilan  rivojlanishi  natijasida  malakali  kadrlarga  bo„lgan  talab  ortib 
bormoqda.  Iqtisodiyotda,  ijtimoiy  va  siyosiy  hayotdagi  tarkibiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
125 
 
o„zgarishlar  barcha  yo„nalishlar  bo„yicha  qayta  tayyorgarlikni  talab 
qilmoqda.  Ko„plab  ishchi-xodimlar  oliy  ta‟lim  yo„nalishida  qayta 
tayyorgarlikka  muhtoj  bo„lmoqdalar.  Yuqori  malakali  kadrlarni 
tayyorlashda  kunduzgi  ta‟lim  bilan  bir  qatorda  masofaviy  ta‟lim 
tizimlarini tadbiq qilish katta samara beradi. 
Masofaviy ta‟lim tizimlarida katta hajmdagi zamonaviy axborot va 
telekommunikatsion  texnologiyalarga  asoslangan  ta‟lim  –  axborot 
muhitini  yaratish  hisobiga  bir  ta‟lim  oluvchiga  bo„lgan  sarf-harajatni 
an‟anaviy  ta‟lim  tizimiga  nisbatan  kamaytirish  mumkin.  Bu  uning 
sifatini  saqlagan  holda  yangi  o„qitish  darajasini  ta‟minlash  imkonini 
beradi. 
So„nggi  yillarda  keng  muhokama  qilinayotgan  bunday  xizmat  – 
Internet  global  tarmog„idan  foydalangan  holda  o„qitish  yoki  masofaviy 
ta‟limdir.  Bunday  o„qitish  haqida  fikrlar  turlicha  va  qarama-qarshi.  Bu 
normal  holat,  chunki,  har  qanday  o„qitish  usulida  axborotning  ma‟lum 
bir  qismi  mustaqil  o„rganish  uchun  qoldirilgan.  Masofaviy  ta‟limni 
axborotlarni  uzatish,  o„rganish  va  muloqot  qilishning  asosiy  vositasi 
bo„lgan Internet tizimi bilan bog„lamoqdalar. 1991-yilda ishlab chiqilgan 
Web-texnologiya,  elektron  pochta,  FTP  (File  Transfer  Protocol  – 
kompyuterlar  o„rtasida fayllar uzatish protokoli, Internetda  qo„llaniladi) 
vositalarini  inkor  qilmagan  holda,  masofaviy  ta‟lim  samarali  kirib 
borayotgan muhit bo„lib bormoqda. 
Kunduzgi  va  sirtqi  o„qish  shakllariga  nisbatan  masofadan  o„qitish 
o„zgachadir.  Maxsus  ishlab  chiqilgan  muhit  (qobiq)  individual  o„qish 
imkonini  beruvchi  barcha  anjomlar  to„plamini,  o„quv  rejasi  bo„yicha 
barcha  axborot  ta‟minotini  ta‟minlashi,  nazorat,  o„z-o„zini  nazorat, 
yakuniy  nazorat  tadbirlarini  o„tkazish  tizimlari  va  boshqalarni 
ta‟minlashi  zarur.  Yaratilgan  kompyuter  texnologiyalarining  turli-
tumanligini  hisobga olgan  holda, buning uchun  barcha vositalar yetarli. 
Yaqin kunlarda yondashuvlarni standartlash zarurati yuzaga keladi. 
Masofadan o„qitish kunduzgi va sirtqi bilan bir qatorda bilim olish 
shakli  hisoblanadi  va  bilim  berish  jarayonida  kompyuter  va 
telekommunikatsion  texnologiyalarda  eng  yaxshi,  an‟anaviy  va 
innovatsion usullar, vositalar va o„qitish shakllari qo„llaniladi. 
Masofaviy  ta‟limda  bilim  berish  jarayoni  negizini  maqsadga 
yo„naltirilgan va nazorat qilinuvchi mustaqil ish tashkil etadi. O„quvchi 
o„ziga  qulay  bo„lgan  vaqtda  va  joyda  shaxsiy  jadval  asosida  o„qishi 
mumkin.  Bunda,  maxsus  o„qitish  vositalari  to„plami  (komplekti)  va 
o„qituvchi  bilan  kelishilgan  holda  telefon  orqali,  elektron  yoki  oddiy 
pochta hamda yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyati mavjud. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
126 
 
Masofaviy  ta‟lim  o„rganish  obyekti  va  sub‟yektining  o„zaro 
maqsadga  yo„naltirilgan,  interfaol,  asinxron  muloqoti  jarayonni 
ifodalaydi,  bunda  o„qitish  jarayoni  masofaga  bog„liq  emas.  Ta‟lim 
berish  jarayoni  elementlari  tizim  ostlari  (o„qitish  maqsadi,  o„qitish 
usullari,  o„qitish  vositalari,  o„quv-material,  moliyaviy-iqtisodiy, 
normativ-huquqiy) bo„lgan pedagogik tizimda o„tadi. 
Masofaviy ta‟lim ta‟lim tizimida biror sababga ko„ra (kambag„allik, 
fizik  kamchiliklar  yoki  ishlab  chiqarishda  bandligi  va  shaxsiy  ishlariga 
asosan 
ta‟lim 
muassasalariga 
kela 
olmaslik, 
ijtimoiy 
himoyalanmaganlik, gyeografik yoki vaqt bo„yicha cheklanganlik) hech 
kim  bilimsiz  qolib  ketmasligi  kerak  degan  printsipga  asoslangan. 
Masofaviy  ta‟lim  boshqa  shakllarning  yaxshi  tomonlarini  o„zida 
jamlagan  holda  jamiyatni  axborotlashtirishning  obyektiv  jarayoni 
sifatida kirib kelmoqda. 
Masofaviy 
ta‟lim 
va 
ta‟lim 
tushunchasini 
tushunishga 
yondashuvning turlichaligini ifodalovchi qarashlar mavjud. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish