4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinlarni tasniflash.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi.
Funksionalizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element
muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari
quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli
beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy extiyoj xosil
bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan
munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda
qandaydir ma’naviy-ruhiy extiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday extiyoj diniy extiyoj edi. Din
bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy extiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali
ham bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini roxiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-xavaslardan,
roxat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy roxatda bo‘lishini
ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masixning qaytishiga umid qilgan
holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki
xristianlik Iso Masix qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi
ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki
ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-xavaslariga ortiqcha
berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod
qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday.
Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha
muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning
muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy
munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi.
Masalan, yaxudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun
ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - Yaxvening eng sevimli
bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko‘proq jalb etish uchun diniy
me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona
chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik -
regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining
qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib
qo‘yadi.
Sxema 1
Masalan, islomda kuniga 5 maxal namoz o‘qilishi, har xafta juma namozini jome
masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro‘za tutilishi, ro‘za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd
al-adxo) xayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham
bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro
aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi
kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o‘zaro huquq va burchlarining
borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan,
dinning
Do'stlaringiz bilan baham: |