YUNESKO muhofazasidagi obyektlar Muhim turistik resurslar bo‗lib antiqa-noyob madaniy qurilmalar, piramidalar,
mavzoleylar, haykallar, ibodatxona me‘moriy ansambllar, parklar, muzey
kolleksiyalari, zamonaviy qurilmalar – osmono‗par binolar, to‗g‗onlar va boshqa
gidrotexnik qurilmalar hamda boshqa ob‘ektlar hisoblanadi. Qanchalik
taajublanarli bo‗lmasin, turizmni o‗ziga tortuvchi kuchi barcha asrlarda mavjud
bo‗lgan qabristonlar ham, Misrda qurilgan minglab piramidalar ham turizm
doirasida tasarruf qilinmoqda. «Dunyoning yetti mo‗‘jizasi»: Misr ehromlari,
Bobilning osma bog‗lari, Artemida ibodatxonasi, Galekarnas maqbarasi, Quyosh
xudosi, Gelios haykali, Aleksandr Mayoqi, Olimpiya xudosi Zevs haykali ro‗yxati
70
miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashab o‗tgan grek arxitektori Antipar Sidonskiy
tomonidan tuzilgan edi.