Turistik axborot resurslari
Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko‗rishda turistlar ehtiyojidan kelib
chiqib, ularga beriladigan ma‘lum hudud, ob‘ekt to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi.
Mutaxassislar turistik axborot resurslariga turistik marshrutda joylashgan
hamda tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega ob‘ektlar bo‗yicha ma‘lumotlarni kiritishadi.
Undan tashqari turizm ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, tabiat manzaralari
ularga bog‗liq afsona va qissalar, har xil adabiyotlar, haritalar, ta‘sviriy albomlar,
rasmlar, audio-video mahsulotlarini ham kiritishadi. Ko‗pgina shaharlarda turistik
axborot beruvchi markazlar ishlab turibdi. Ular iste‘molchilarga barcha tegishli
ma‘lumotlarni yetkazib berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |