21.2.Turizmni rivojlantirish davlat qo„mitasi Litsenziya talablari va
shartlariga rioya etilishini nazorat qilish xuquqlari.
«O‗zbekturizm» MK tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayoni qat‘iy aniq
belgilangan vaqtda amalga oshiriladi, lekin amaliyotda ba‘zan ayrim kechikishlar
ham kuzatiladi. Shunga qaramasdan litsenziya berish yoki berishni rad etish
to‗g‗risidagi qarori litsenziya tadqiqotchisi tomonidan barcha zaruriy hujjatlarni
ariza bilan birgalikda taqdim etgandan so‗ng 30 kundan ortiq bo‗lmagan muddatda
qabul qilinadi.
Ekspertlarni fikriga qaraganda, bu huquqni muhofaza qilish organlarining,
moliyaviy va soliq xizmatlarining o‗z sohalari bo‗yicha zaruriy tekshirishlari bilan
bog‗liqdir. Masalan, turizm sohasidagi faoliyat uchun litsenziya firma – egalari
(rahbarlari) to‗g‗risida ma‘lumotlar jo‗natiladigan muassasalar ro‗yxatiga Milliy
xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar Vazirligi (IIB), Tashqi ishlar Vazirligi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar agentligilari kiradi.
Har qanday holatda «O‗zbekturizm» MK 15 kun muddat ichida, taqdim
etilgan hujjatlar bo‗yicha ekspert xulosalarini tayyorlaydi, hujjatlarni ko‗rib
chiqadi hamda litsenziyani berish yoki (bermaslik) uni rad etish to‗g‗risidagi
takliflarini komissiyaga tasdiqlash uchun tegishli qaror qilinganligi haqida qaror
bayonnomasini tasdiqlaydi.
318
Undan so‗ng natijalar to‗g‗risida Milliy kompaniya uch kun muddat ichida
tadqiqotchini xabardor qiladi, ya‘ni unga bank rekvizitlari ko‗rsatilgan holda
yozma shaklda bevosita taqdim etadi yoki jo‗natadi (unda davlat bojini to‗lash
muddati va hisob raqamlari aks etishi kerak). Bir vaqtning o‗zida tadqiqotchiga
litsenzion kelishuvni imzolash uchun jo‗natadi. Shuni qayd qilish kerakki, agar 3
oylik muddat ichida yuqorida qayd qilingan litsenziat kelishuvi tuzilmasa va davlat
boji to‗lanmagan holatlarda hukumat komissiyasi litsenziyani bekor qilish
to‗g‗risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Quyida O‗zbekistonda «O‗zbekturizm» MK ning ishchi organi orqali turizm
litsenziyasini rasmiylashtirish jarayoni va bosqichlari ko‗rsatilgan.
Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishni nazorat
qilish qonunda belgilangan tartibda «O‗zbekturizm» M.K tomonidan amalga
oshiriladi. Bunda «O‗zbekturizm» M.K quyidagi huquqlarga ega:
-
litsenziatni litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini rejali
tekshiruvi va litsenziat tomonidan ushbu holatlarda buzilish faktlari mavjud
bo‗lganda rejadan tashqari tekshiruvlarni o‗tkazadi;
-
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishni tekshirishni o‗tkazishda
tug‗iluvchi masalalar bo‗yicha zaruriy ma‘lumotlarni so‗rash hamda olishga;
-
tekshirish natijalari asosida litsenziatni litsenziya talablari va shartlarini
aniq buzilishlarini ko‗rsatgan holda akt yoki ma‘lumotnoma tuzadi.
-
aniqlangan kamchiliklarni litsenziatga bartaraf etish majburiyatini
yuklovchi bunday buzulishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilovchi qarorni
chiqarishga;
-
litsenziya harakatini to‗xtatib qo‗yish, ta‘qiqlash yoki bekor qilish
to‗g‗risida masalani Komissiyada ko‗rib chiqish uchun taqdim etadi.
«O‗zbekturizm» M.K turizm faoliyatiga litsenziya reestrini yuritadi, uning
ma‘lumotlari jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq hisoblanadi (20.1-jadval).
Beriladigan litsenziyalarda turistlarga xizmat ko‗rsatish sifati va darajasini
hisobga olgan holda ikki turning indeksatsiyasi amalga oshiriladi:
319
CH– chet el turizmi;
M– milliy turizm.
21.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |