Litsenziya olish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar qo‘yilgan
bo‘lib, ular qatoriga qo‘yidagilar kiradi:
turizm to‗g‗risidagi qonunga, turizm sohasidagi O‗zbekiston
Respublikasi standartlari va xalqaro standartlarga majburiy ravishda rioya qilish;
huquqiy shaxs shtatida turizm sohasida maxsus ta‘lim olgan yoki turizm
sohasida 3 yildan kam bo‗lmagan ish stajiga ega bo‗lgan, kamida bitta xodimning
bo‗lishi. Shu tarzda turizm korxonasi tegishli bilim, malaka, ko‗nikmaga ega
bo‗lgan soha mutaxassislari bilan aks ettirilishi zarur;
yangi texnologiyani va boshqaruv tajribasini joriy etish bilan bog‗liq
bo‗lganligi sababli sayohatlarni, ekskursiyalarni tashkil etish va ular bilan bog‗liq
xizmatlar bilan bevosita band bo‗lgan huquqiy shaxs xodimlari har 3 yilda kamida
1 marta malakasini oshirish zarur;
shakllangan nizom jamg‗armasida oilaviy tadbirkorlik uchun faqat
mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatishda eng kam ish xaqining 10 barobar
miqdorida, ichki turizmda turoperatorlik xizmatini ko‗rsatish uchun eng kam ish
xaqining 50 barobar miqdorida va barcha turdagi turizm faoliyat bilan
shug‗ullanuvchilarga eng kam ish xaqining 400 barobaridan kam bo‗lmagan
miqdorida bo‗lishi kerak;
315
mijozlar bilan ishlash va turmahsulotni ishlab chiqish mos ravishdagi
ishchanlik muhitini talab etishi sababli xususiy yoki ijaraga olingan xizmat
binosida tegishli jihozlarning mavjudligi;
taqdim etiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlik sertifikatlarining
mavjudligi, chunki bu har qanday turga qonuniy tus berish va xavfsizlik talablari
bilan bog‗liqdir;
turizm xizmatlarini faqatgina mijoz bilan O‗zbekiston Respublikasi
qonunlari talablariga mos ravishda shartnoma tuzilgandan keyingina ko‗rsatish
mumkin.Boshqa holatlarda shartnoma huquqiy kuchga ega bo‗lmaydi va sud orqali
bekor qilinishi mumkin;
chet el davlatlariga tashrif buyurish, chiqish, kirishni o‗ziga xos
xususiyatlari to‗g‗risida, turistik tashrif vaqtida va har bir aniq davlatga tashrif
buyurishni boshqa qoidalarini o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risida mukammal
ma‘lumotlarni belgilangan tartibda har bir turistga yetkazish;
mijozga ish tartibi to‗g‗risida, uning huquqiy manzili, litsenziyaning
mavjudligi, majburiy sertifikatlashga tortiladigan xizmatlar uchun sertifikatlarning
mavjudligi, turizm faoliyatini aniq yo‗nalishlarini yuritish uchun javobgor bo‗lgan
lavozimli shaxslarning familiyasi, ismi, sharifi haqida to‗la ma‘lumot berish;
turistlar xavfsizligini ta‘minlash, jarohatlanganda, betob bo‗lganda va
boshqa holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam ko‗rsatish tizimining
mavjudligi.
316
21.1-rasm. Turizm faoliyatiga litsenziya berish va arizalar bilan ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |