Chirchiq-Ohangaron tog‘li ekoturistik rayonida xalqaro ekologik rezervat
joylashgani uchun ham uning huquqiy maqomi tabiatga aralashmaslik prinsipiga
moslashtirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan
foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik
yo‗lakchalar orqali, kam sonli turistik guruhchalarga bo‗lingan tarzda, yilning
hayvonot olamida uchramaydigan va ko‗paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda
aylanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy
aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo‗naltirilgan
turmush tarzini ijobiy tomonlarga o‗zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |