Zarafshon ekoturistik rayonida Zarafshon daryosi bo‗ylarida joylashgan
to‗qay landshafti, undagi o‗simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun
tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‗riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining
Shofrikon o‗rmon xo‗jaligi hududida joylashgan qum cho‗l landshafti, u yerdagi
o‗simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari)
davlat tomonidan qo‗riqlanadi. «Vardanza qo‗riqxonasi», «To‗dako‗l flora va
faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‗jaligida joylashgan «Jayron-
ekomarkazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‗paytiruvchi «Dengizko‗l
buyurtmaxonasi», Zarafshon tog tizmalaridagi Omonqo‗ton va Temurlang karst
g‗orlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‗ tizmalaridagi ko‗p qavatli «G‗untak g‗ori» va
boshqalar diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |