O‘zgarmaydigan marshrutlar – barcha yo‗llar Rimga olib boradi shiorida
bo‗ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn
etilgan joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‗liq
bo‗ladi. Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy,
toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand,
Xiva, Vatikan kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‗orlar,
buloqlar, tog‗larga boriladigan marshrutlar o‗zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar
o‗rtasidagi temir yo‗l, havo yo‗li, avtomobil yo‗llari marshrutlari ham deyarli
o‗zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» bo‗ylab o‗tgan marshrut ham bu devor to
yo‗qolib ketguncha harakatda bo‗ladi, o‗zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |