O‘zgartirilgan marshrutlarni inson o‗zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan
geografik relf shakllari o‗zgarganidan keyin o‗zgartiradi. Albatta, yangi yo‗l
oldingisiga (eskisiga) qaraganda o‗zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun
ko‗plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi. O‗zgartirilgan
marshrutlar ko‗pincha davlatlar o‗rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me‘yorlarning
buzilishidan kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi
shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‗liq bo‗ladi.
Sanoat ob‘ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat
qo‗riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko‗pincha yangi marshrutlarning kelib
chiqishiga sabab bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |