«BUXORO» xalqaro aeroporti 1997-yilda ishga tushirilib, xalqaro
maqomga 1999-yilda erishgan, soatiga 150 yo‗lovchini qabul qiladi va xizmat
ko‗rsatadi. Unda keng kutish maydoni, bufetlar, do‗konlar, tibbiyot punkti,
yuklarni saqlash xonasi, milliy an‘analarda bezatilgan VIP va CIP - maydonlari
mavjud. Buxoro aeroportidan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga,
shuning MDH mamlakatlari va boshqa davlatlarga uchish mumkin. «MDH
mamlakatlari orasida yilning eng Yaxshi aeroporti» unvoni tashuvlar hajmi
borasida 2012-yilda besh yuz ming nafargacha yo‗lovchiga xizmat ko‗rsatgan
«Buxoro» xalqaro aeroportiga topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |