8.2. Xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish
Iste'molchi yetkazib beruvchi tanlaganda uning logistik servis sohasidagi
imkoniyatlarini ham e'tiborga oladi, ya'ni boshqacha qilib aytganda yetkazib
beruvchining raqobatdoshligiga u taklif etayotgan xizmatlarning assortimenti va sifati
ham ta'sir ko‘rsatadi. Ikkinchi bir tomonidan, xizmatlar safini kengaytirish
qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi.
Logistik servis tizimini shakllantirishga imkon beruvchi harakatlar ketma
ketligini ko‘rib chiqamiz (8.2-Rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |