7.4. Zaxira o‘lchamini aniqlash
1.
Buyurtma qilinadigan partiyaning optimal o‘lchamini aniqlash.
Zaxiralarni to‘ldirish tizimi tanlangandan so‘ng, buyurtma kattaligini va
takrorlanish vaqtini miqdoran aniqlash lozim bo‘ladi.
Buyurtmaning optimal kattaligi va chastotasi quyidagi omillarga bog‘liq
bo‘ladi:
-
talab hajmi;
-
transport-tayyorlov xarajatlari;
-
zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar.
Buyurtma o‘lchami oshganda transport-tayyorlov xarajatlari kamayadi, chunki
tovarlarni sotib olish va tashish katta partiyalarda, va demak kamroq amalga
oshiriladi. Bu bog‘liqlikning grafigi 7.2-rasmda tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |