Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/258
Sana23.02.2022
Hajmi10,51 Mb.
#130560
TuriСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   258
Bog'liq
Toplam-2-1

 
Xulosa. Biz ushbu laboratoriya mashg`ulotimizda elektr maydonda 
joylashgan musbat va manfiy zaryadlar orasida hosil bo`ladigan elektr maydon 
potensialini aniqlashni o`rgandik. Zaryadlar atrofida hosil bo`lgan maydon 
potensiali skalyar kattalik bo`lib, maydonning har bir nuqtalarida turlicha qiymat 
qabul qilinishini kuzatdik. 
Adabiyotlar: 
1. 
Andi Klein and Alexander Godunov. “Introductory Computational Physics”. 
Cambridge University Press 2010.p. 148. 
2. 
Bent B. Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in Education.UNESCO 
Institute for Information Technologis in Education. 2013. ISBN 978-5-7777-
0556-3. p. 139. 


164 
3. 
Sayidova N.S., Xudayberdiyeva N.U. PhET saytidagi modellardan fizika 
faniga oid namoyish tajribalarini oʻtkazish, virtual laboratoriya ishlarini 
tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatlari. //Buxoro davlat universiteti 
ilmiy axboroti jurnali. 2018, 1-сон. – В. 189-196. 
4. 
www.vacademia.com. 
5. 
http://phet.colorado.edu/teacher_ideas/classroom-use.php

6. 
http://elearning.zn.uz/ Электрон таълим бўйича В.С. Хамидовнинг шахсий 
блоги 
PHET SAYTI MODELLARIDAN FIZIKA FANIDAGI ENERGIYA 
TURLARINI O’ZGARISHINI VIRTUAL LABORATORIYA ORQALI
BAJARISH 
N.S. Sayidova 
BuxDU 
Kompyuter simulyatorlaridan asosan ikki yo`nalishda foydalanish mumkin: 
haqiqiy ob`ektlarni modellashtirish hamda ushbu modellarni rivojlantirish. Hayotiy 
ob`ektlarni modellashtirishda eng sodda chiplardan tortib butun boshli murakkab 
kompyuter tizimlarigacha virtual prototiplarini yaratish mumkin. O`quvchilar ushbu 
virtual modellarni o`rganish jarayonida ularning ishlash printsip va usullarini yanada 
takomillashtirishlari ham mumkin bo`ladi. 
Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real 
ob`ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma`lumki, 
axborot texnologiyalar va kompyuter sohasini o`qitishda asosan ma`ruzalardan 
foydalaniladi; nari borsa programmalash tillarini o`qitishda ma`lum bir dasturlar 
tuzish bo`yicha mashg`ulotlar olib boriladi. Ammo kompyuter jihozlarini yasash, 
operatsion va network tizimlarini o`rnatish hamda sinovdan o`tkazish qimmatbaho 
uskunalarga ehtiyoj tug`diradi. O`z-o`zidan ma`lumki, oliygohlarda bunday 
imkoniyatlar hozircha keng ko`lamda mavjud emas. Simulyatorlar esa shunday 
haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda kompyuter hamda network 
qurilmalarini yasash va sinovdan o`tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o`z-o`zidan 
nafaqat katta miqdorda mablag`lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham 
tug`dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag`lar talab 
etmasligi ma`lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo`lsa minglab 
marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz 
ekanligidir. Ba`zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug`diradi, 
masalan, ekologik xavfli zonalarni kuzatish jarayonida ma`lumotlarni yig`ish uchun 
foydalaniladigan network tarmog`ini o`rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda 
moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar hayotiga 
xavf ham tug`diradi. Simulyatorlar yordamida esa ekologik xavfli zona hamda u 
erga mos bo`lgan network tarmog`i virtual holatda yasalishi va ularning ustiga 
istagancha eksperimentlar o`tkazilishi mumkin. Simulyatorlardan foydalanish 
jarayonida talabalar ma`ruza vaqtida o`rgangan teoriya va bilimlarini virtual 


165 
bo`lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada 
mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning 
rivojlanishiga bevosita hissa qo`shadilar. Bundan tashqari o`sha simulyatorlarning 
ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar 
beradigan darajaga chiqarishda o`z hissalarini qo`shishlari mumkin. Bu o`z o`rnida 
talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot 
ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o`z navbatida talabalarda o`qish va 
tadqiqotlarga bo`lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi. 
Crocodile Physics dasturi kuchli simulyator bo`lib, fizik jarayonlarni 
modellashtirish va fizikaning mexanika, elektr zanjirlar, optika va to`lqin hodisalari 
bo`limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. 
Phet dasturida o`qitish va o`rganish uchun 100 dan ortiq fanga oid 
simulyatorlar mavjud. Bu mashg`ulotlarni ya`ni laboratoriya ishlarining hammasini 
web saytdan qidirishimiz mumkin. Uni hammasini online tarzida ko`rishimiz 
mumkin yoki o`zimizga yuklab olishimiz ham mumkin. Phet tizimida kimyo, 
matematika, fizika, biologiya fanlarini simulyatsiyalar (ya`ni amaliy mashg`ulotlari) 
bor.
PHET dasturi orqali fizik jarayonlarga kiramiz. Hozir biz Energy Skate Park: 
Basics laboratoriya ishi bilan tanishamiz. 
Bu laboratoriya ishida biz energiya turlarini o’zgarishini kuzatamiz. Energiya 
2 xil turi mavjud. Birinchisi kinetik energiya va ikkinchisi potensial energiya. 
Kinetik energiya jismning tezligiga to’g’ri proprosianal va balandlikka bog’liq 
emas. Energiyaning ikkinchi turi bo’lgan potensial energiya esa jismning 
balandligiga bog’liq va tezlik o’zgarishiga bog’liq emas. 
Jism tinch holatda bo’lganda kinetik energiya nolga teng, potensial energiya 
esa jism eng yuqori nuqtada bo’lgani uchun maksimal qiymatga erishadi. To’la 
energiya esa potensial energiyaga teng.
To’la energiya kinetik energiya va potensial energiyalar yig’indisiga teng. 
Kinetik energiya nolga teng bo’lganligi sababli to’la energiya potensial energiyaga 
teng bo’ldi. 


166 
Ikkinchi holat jism eng pastki nuqtaga kelgandagi holatni ko’ramiz: 
Bunda jism kinetik energiyasi maksimal qiymatga erishadi, potensial energiya 
esa nolga teng bo’lib qoladi. To’la energiya kinetik energiyaga teng bo’ladi. Keyingi 
tajribamiz orqali boshqa turdagi yo’lda kinetik energiya va potensial energiyalarning 
o’zgarish holatlarini kuzatamiz.
Bu holatda jism eng yuqori nuqtada ham, eng pastki nuqtada ham bo’lmagan 
hol uchun energiyalar o’zgarishini o’rganamiz.
Bunda jismning kinetik energiyasi ham potensial energiyasi ham mavjud, 
ya’ni ularning birontasi ham nolga teng emas. Biz kuzatayotgan bu holatda jismning 
kinetik energiyasi potensial energiyaga nisbatan kichik. Chunki jism yuqoridan 
tushayotganda maksimal tezlikka erishib ulgurmagan edi. 
Endigi holatda jism pastga tushib bormoqda. Yuqoridan tushayotgan jismning 
tezligi ortib, balandligi kamayib borayotganligi sababli jismning kinetik energiyasi 
ortib , potensial energiyasi esa kamayib bormoqda.
Xulosa. Umuman olganda energiyaning saqlanish va aylanish qonuni – 
tabiatning eng muhim asosiy qonuniyatlaridan biri, unga ko’ra, har qanday yopiq 
sistemada energiya yo’qdan bor bo’lmaydi va yo’qolib ketmaydi, faqat bir turdan 
ikkinchi turga aylanib turadi.

Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish