Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/258
Sana23.02.2022
Hajmi10,51 Mb.
#130560
TuriСборник
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   258
Bog'liq
Toplam-2-1

Адабиётлар: 
1. 
С.Ф.Эргашев, Г.Уразова. Энергосбрежение и альтернативные источники 
энергии.Учебное пособие.Фергана, -Техника, 2015 
2. 
Автономные водородные энергоустановки с возобновляемыми 
источниками энергии /О.С. Попель, С.Е. Фрид, Э.Э. Шпильрайн и др. 
//Теплоэнергетика. – 2006. - №3. – С. 42 
TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI YOHUD 
CHET TILLARINI O‘QITISH JARAYONIDAGI TADBIQI 
S. Quvondikova, X. Yo‘ldasheva, A.J. Boyxonova 
TATUFF
Ta’lim sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
keng qo‘llanilayotgani diqqatga sazovor. Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o‘ta 
muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili o‘qitish tizimini isloh etish, dars 
jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan 
foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarni qo‘llash ta’limdagi dolzarb 
masalalardan biridir. Xozirgi zamon talablardan kelib chiqib o‘qitish tizimida 
zamonaviy texnologiyalardan keng miqiyosda foydalanish ayniqsa axamiyatlidir. 
Vositachi til xisoblangan va boshqa davlatlar bilan o‘zaro xamkorlik aloqalarini 
bog‘lashga hizmat qiladigan ommaviy tillardan foydalanish maqsadida ularni keng 
miqiyosda targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan. Binobarin, ta’limda zamonaviy axborot 
texnologiyalari yangi imkoniyatlaridan foydalanib, ilg‘or o‘qitish tizimini joriy 
etish, ya’ni, mavjud imkoniyatlar doirasida ularni qo‘llash zarur. Ho‘sh, mavjud 
o‘qitish tizimida zamonaviy texnologiyalarni olib kirish uchun nima qilish kerak?
Hozirda hech kimga sir emaski, zamonaviy texnologiyalar foydalanish o‘qitish va 
o‘rganish tizimini yengillashtirib, o‘quvchini jalb qilish uchun hizmat qiladi. 
Ulargdan keng miqiyosda foydalanish va dars jarayonlariga bevosita olib kirish
mavjud tizim takomillashuviga sabab bo‘ladi. Buning yechimi sifatida hozirgi 
zamon tavfsiyalarini qo‘llab darslarni e’tibor tortuvchi harakatlanuvchi 
animatsiyalar va ovozli jarayonlar bilan boyitish nazarda tutilgan. Hozirda oliy 
ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin 
ortib bormoqda. Binobarin, masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy 
ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining 
istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero, an’anaviy ta’lim o‘z 
mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari 
kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” asosida Ta’lim jarayonida yuqori malakali, fan asoslarini 
puxta egallagan, barkamol, har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlash asosiy 
maqsad qilib qo‘yilgan. Prezidentimiz tomonidan chikarilgan “CHet tillarini 


306 
o‘rganish tizimini yanada takimillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori chet 
tillar ta’limini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos 
etuk mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu maqsadlar yo‘naltirilganligi bilan alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Chet tili darslarini zamonaviy o‘quv-texnik vositalardan, lingafon 
xonalardan, multimedia, maxsus dasturlashtirilgan mavzular, ko‘p tillik elektron 
lug‘atlardan bevosita foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda interfaol 
elektron doskalarning bir qator, jumladan, “SensBox”, “Interwrite Dual Board” va 
“Uboard” turlari mavjud bo‘lib, ular respublikamiz o‘quv yurtlarida tashkil etilgan 
tajriba-tadqiqot maydonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan. Albatta, bu kabi 
o‘quv-texnika vositalarini amaliyotga keng joriy etish, birinchi galda, 
o‘qituvchilardan ma’lum bir ko‘nikma va ulardan samarali foydalanishni talab 
etadi. Ushbu elektron doska ijodkor o‘qituvchilar uchun darslarni qiziqarli, 
noan’anaviy tarzda tashkil etish har qanday murakkablikdagi mavzularni 
talabalarga oson tushuntirish imkonini beradi. Undagi ko‘plab tasvirli rolik va ovozli 
fayllarga ega talabalarga o‘qish, yozish, sanashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish, 
nutqni soddalikdan murakkablik sari rivojlantirib borishga ko‘maklashadi. 
Tillarni 
o‘rganishda 
masofaviy 
ta’lim 
usullaridan, 
matbuot, 
telekommunikatsiya va internet materiallaridan foydalanish o‘quvchi-talabalarni 
faqat chet tillarini o‘rganibgina qolmay, balki intellekt va intellektual salohiyat 
darajasini oshirish uchun axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. CHet tillarini 
o‘rganish uchun qulay va oson bo‘lgan kompyuterlar bilan jixozlangan displey 
sinflardan. Masofaviy ta’lim, onlayn videokonferensiyalardan foydalanish talabalar 
uchun ancha qulaylik yaratadi. Bunda kompyuter darslarini turli masalalar bo‘yicha 
o‘tkazish mumkin, lekin ular maxsus tayyorgarlik va kompyuter dasturlarini talab 
qiladi. Umumiy til o‘rganishdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha terminlarni 
o‘rganishni rejalashtirish, kompyuter yordamida bu masalani tez va samarali echish 
mumkin. Dars jarayonida kompyuterda dasturlashtirilgan mavzular yordamida o‘z 
bilimlarini 
oshiribgina 
qolmay, 
kompyuterda 
ishlash 
malakasini 
ham 
o‘zlashtiradilar. Xorijiy tillarni o‘rganish bilan bir qatorda o‘z mutaxassisligi 
bo‘yicha kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini xorijiy tillarda tayyorlanib va 
himoya qilinsa, xorijiy tillarda mukammal o‘qish va gapirish talaba-yoshlar uchun 
katta istiqbol yaratadi. Xorijiy tillarini mukammal o‘zlashtirish va til muhitini 
yaratish uchun turli didaktik tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish va ularni dars 
jarayonida kerakli dastur va materiallar bilan ta’minlash, darsdan tashqari 
qo‘shimcha darslar uyushtirish, diktant, bayon, insho yozdirish, viktorina va baxslar 
o‘tkazish, testlar echish, kurs ishi, mustaqil ish va bitiruv malakaviy ishlarni chet 
tilida yozishni o‘rganish talabalar bilimini oshirishda foydali hisoblanadi.
Internet va axborot texnologiyalarining yoshlarimiz salohiyatining yuksalishi 
va raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib etishishlaridagi xissasi beqiyosdir. SHunday 
ekan, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari va internet ma’lumotlaridan 
foydalangan holda interaktiv usul asosida dars o‘tilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
YAngi texnologiyalarni qo‘llash talaba-yoshlarni mustaqil fikrlashga, yangi 
bilimlarni egallashga, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishga, xozirgi zamon 


307 
talablariga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassis-kadrlar va har tomonlama 
rivojlangan barkamol shaxs bo‘lib etishishga yordam beradi. 

Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish