103
Bizning respublikamizda tibbiy xizmat tizimi va aholi salomatligi holatini
har tomonlama o'rganib chiqilgach 1996 yilning may oyida O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Qishloq joylarning ijtimoiy
infrastrukturasini rivojlantirish dasturi to'g'risida" gi Qarori qabul qilindi.
Bu qaror
qabul qilingan kundan boshlab qishloq joylarda tibbiy muassasalar
restrukturizasiyasi va yangi tibbiy muassasalar - qishloq vrachlik punktlari (QVP)
qurilishi boshlandi. Strategik rejada ikki bir-biriga bog'liq komponentlarni
rivojlantirish ko'zda tutilgan:
Birinchidan, qishloq sog'liqni saqlash tizimini restrukturizasiya va
integrasiya qilish;
Ikkinchidan, tibbiy amaliyotni umumaliyot shifokori yoki oilaviy tibbiyotga
qaratilgan holda rivojlantirish.
Yuqoridagilarni e'tiborga olib yetishmovchiliklarni tuzatishni hisobga olgan
holda sog'liqni saqlashni islohot qilishning yo'naltirilgan dasturi ishlab chiqildi.
Resurslarning yetishmovchiligini hisobga olgan holda Respublika rahbariyati
tomonidan asosiy yo'nalishlar aniqlab berildi - qishloq joylarda
birlamchi tibbiy
xizmatni kuchaytirish, ya'ni ham moddiy, ham material resurslarni, xizmatlarni
stasionar va ixtisoslashgan muassasalardan birlamchi xizmat ko'rsatuvchiga -
qishloq vrachlik punktlarga (QVP) yo'naltirish. QVPlar esa o'z navbatida QVA va
FAPlar faoliyatini o'z ichiga oladi.
Kiritilgan o'zgartirishlar natijasida O'zbekistonning qishloq xududlarida
tibbiy yordam ko'rsatishning ikki bosqichli tizimi yaratildi. Tashkil qilingan
QVPlari xizmat ko'rsatish xududida yashayotgan aholiga barcha birlamchi xizmat
ko'rsatish uchun javobgardirlar, profilaktika va sog'lom
turmush tarzi elementlarini
targ'ib va tadbiq etishni hisobga olgan holda. Qishloq aholisiga birlamchi tibbiy
xizmatni tashkil qilish gospitalizasiya darajasi va ixtisoslashgan xizmatlarga
ehtiyojini kamaytirish imkonini yaratdi.
Mazkur tashkiliy tarkibning ikkinchi darajasida markaziy tuman kasalxonasi
joylashgan. Uning tarkibida tuman poliklinikasi va ambulatoriya tuzilmalari
mavjud. Tuman markaziy kasalxonasining tarkibidagi ambulatoriya-poliklinika
tizimining mavjudligi bir tomondan pasientlarga konsul'tativ yordam hajmini
oshirish bo'lsa, ikkinchi tomondan esa - stasionarga jo'natilayotgan pasientlar
miqdorini kamaytirish imkonini yaratdi.
QVP tizimini tuzishda ahamiyatga ega bo'lgan bitta elementni e'tiborga
olib
o'tish kerak. Shu davrgacha faoliyat ko'rsatib kelgan birlamchi tizim birinchi
navbatda turli regionlarda shart-sharoitlarning o'ziga xosligi bilan bog'liq edi -
yashayotgan aholi zichligining turliligi, xudud harakteri, yo'llarning
mavjudligi va
h.k. bu sharoitlar albatta keyinchalik ham saqlanib qoladi.
Shuning uchun QVPlar darajalari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozirgi
paytda bir necha ya'ni 3-5 ta turdan ko'p bo'lmagan QVPlar mavjud bo'lib, ular bir-
biridan tibbiy xodimlar soni, xonalar maydoni, qo'shimcha imkoniyatlarning
mavjudlili, masalan, stomatologik kabinetning mavjudligi bilan farq qiladi.
Sog'liqni saqlash tizimiga islohotlar ta'sirining samaradorligini oshirish
borasida Vazirlar Mahkamasining 100-sonli qaroriga asosan islohotlar nafaqat
104
QVPlarda, balki boshqa birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalarida ham
o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Shuning uchun tajriba o'tkazilayotgan tumanlardagi
barcha QVA va FAPlar ma'muriy nuqtai jihatdan o'zining uchastkalari bilan
birlashtirildi va QVA+FAP komplekslari tashkil qilindi. Bu komplekslarga yuridik
nuqtai nazardan QVPlarga o'xshab mustaqil yuridik shaxs maqomi berildi.
Birlamchi tibbiy muassasalarning
samarali faoliyati zarur bo'lgan kadrlar
potensiali mavjudligida
olib borilishi mumkin, xuddi, shu davrgacha O'zbekistonda
bo'lmagan universal shifokorlar, umumamaliyot shifokorlarning mavjudligi.
Demak, umumamaliyot shifokorlarini tayyorlash islohotlar dasturida ko'rsatib
o'tilgan bir qator masalalarni yechishda juda muhimdir.
Umumamaliyot shifokorlarini tayyorlashda qanday qiyinchiliklarni yengib
o'tilganligi haqida gapirish uchun
umumamaliyot shifokorining (oilaviy shifokor)
Do'stlaringiz bilan baham: