Elektr o‘tkazgichlar va izolyatorlar
Ikkita bir xil elektrometr olaylik. Ulardan birining
sharchasi elektrlangan bo‘lsin. Ularni yonma-yon
qo‘yib, elektrometrlar sharchalarini shisha tayoqcha
bilan o‘zaro ulaylik. Elektrlangan elektrometrning
ko‘rsatishi o‘zgarmaydi. Undagi elektr zaryadlari
ikkinchi elektrometrga shisha tayoqcha orqali o‘tmaydi
(10-a rasm). Bunga sabab, shisha elektrni o‘tkazmaydi.
Endi elektrometrlar sharchalarini metall tayoqcha
bilan o‘zaro ulaylik. Birinchi elektrometrdagi elektr
zaryadlari ikkinchi elektrometrga o‘tadi. Natijada birinchi
elektrometr ko‘rsatishi kamayadi, ikkinchisiniki esa
ortadi (10-b rasm). Bunga sabab, metall elektrni yaxshi o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |