2-§. ELEKTROSKOP VA ELEKTROMETR.
O‘TKAZGICHLAR VA IZOLYATORLAR
Elektroskop
Plastmassali taglikka o‘rnatilgan simga ikki buklangan folgani 7-rasmda
ko‘rsatilganidek osib qo‘yamiz. Folga – bu yupqa metall qog‘oz. Odatda,
choy yoki shokolodlar o‘ralgan zarqog‘oz ham folga bo‘ladi.
Ebonit tayoqchani mo‘ynaga ishqalab elektr-
laymiz va uni simga tekkizamiz. Bunda sim ham,
unga osilgan folga yaproqchalar ham elektrlanib
qoladi va yaproqchalar bir-biridan itariladi. Bunga
yaproqchalarning bir xil ishorali elektrlanganligi
sabab bo‘ladi. Bu tajriba elektroskopning ishlashiga
asos qilib olingan. «Elektroskop» so‘zi grekcha
«elektron» va «skopeo» so‘zlaridan olingan. “Skopeo”—
“kuzatmoq”, “payqamoq” demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |