42
II bob. Elektr toki
Endi 2 va 4 qisqichlarni tutashtiraylik.
Bu bilan nixrom simni ikki qavat qildik
va uning ko‘ndalang kesimi yuzasini 2
marta oshirdik. Manbani 4 qisqichga
mahkamlab kalitni ulasak, ampermetr
zanjirda 1 A tok o‘tayotganini ko‘rsatadi.
Agar 4 va 6 qisqichlarni ham tutashti-
rib tajribani qaytarsak, ampermetr 1,5 A
tokni ko‘rsatadi. Bu gal biz nixrom simning
ko‘ndalang kesimi yuzasini birinchi galda-
giga nisbatan 3 marta oshirdik.
Tajribadan xulosa chiqarish mumkinki,
o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi necha marta ortsa, uning elektr
qarshiligi shuncha marta kamayar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: