13-§. TOK KUCHI VA UNI O‘LCHASH
Tok kuchi haqida tushuncha
Elektr zanjirdan o‘tayotgan tokni tavsiflash
uchun maxsus fizik kattalik – tok kuchi kiritilgan.
O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt
birligida o‘tayotgan elektr zaryadi miqdoriga
qiymat jihatidan teng bo‘lgan kattalik tok
kuchi deb ataladi va I harfi bilan bel-
gilanadi.
Agar o‘tkazgich ko‘ndalang kesimidan t vaqt
ichida q zaryad o‘tgan bo‘lsa, I tok kuchi quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
(1)
Xalqaro birliklar sistemasida tok kuchining asosiy birligi qilib fransuz
fizigi Andre Mari Amper sharafiga amper (A) qabul qilingan. O‘tkazgich
ko‘ndalang kesimidan 1 s da 1 C zaryad o‘tsa, tok kuchi 1 A bo‘ladi.
Amalda amperdan tashqari milliamper (mA) va mikroamper (µA) ham
qo‘llaniladi. Bunda 1
A
=
1
000
mA
=
1
000
000 µA,
1
mA
=
1
000 µA.
Do'stlaringiz bilan baham: |