6-§. KONDENSATORLAR
Kondensator va uning elektr sig‘imi
Elektrotexnikada ko‘p miqdordagi elektr zaryadlarini to‘plash va
saqlash muhim ahamiyatga ega.
Elektr zaryadlarini to‘plash uchun mo‘ljallangan asbob konden-
sator deb ataladi.
Kondensator radio, televizor, magnitofon, komp-
yuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi
hisoblanadi.
Eng sodda kondensator – bu yassi kondensator.
Yassi kondensator o‘zaro parallel bo‘lgan ikkita
yassi o‘tkazgich – plastinkalardan iborat. Bu
plastinkalar kondensator qoplamalari deyiladi.
Kondensator zaryadlanganda uning ikki qoplama-
sida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to‘planadi
(20-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |