136
Demak, mazkur generator yordamida 50 Hz chastotali elektr tokini
hosil qilish uchun uning rotori minutiga 500 marta aylantirilishi kerak.
Bunday generator
rotorini ichki yonuv dvigateli, ya’ni avtomashi-
nalar
motori yordamida aylantirilib, 50 Hz chastotali tok olinadi. Mar-
kazlashtirilgan elektr energiya yetib bormaydigan joylarda ichki yonuv
dvigateli yordamida hosil qilinadigan elektr tokidan foydalaniladi.
Ichki yonuv dvigateli yordamida elektr tokini hosil qilishda
yoqilg‘i energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.
Bunday generatorlar kam quvvatli bo‘lib,
bir nechta xonadonni
elektr toki bilan ta’minlab tura oladi, xolos.
Elektrostansiyalarda elektr energiyani ishlab chiqarishda qo‘llani-
ladigan generator statoridagi chulg‘amlar soni 10 dan ortiq bo‘ladi.
Masalan, gidroelektrostansiyalardagi generatorlar statorida 24 ta chulg‘am
bo‘lib, ularning rotorlari minutiga 125 marta aylanadi va 50
Hz chastotali
elektr toki ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: