44-§. MAGNIT MAYDONNING TOKLI O‘TKAZGICHGA TA’SIRI
Chap qo‘l qoidasi
Magnit maydondagi tokli o‘tkazgichga kuch ta’sir etadi. Uni o‘rga-
nish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik.
163-a rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig‘aylik. Unda
egiluvchan AB o‘tkazgich shtativga osib qo‘yilgan. O‘tkazgich uchlari
zanjirga ulangan. AB o‘tkazgich magnit qutblari orasiga qo‘yilgan, ya’ni
magnit maydonga joylashtirilgan.
Zanjir ulanganda o‘tkazgich harakatga keladi, ya’ni o‘tkazgich mag-
nitga tortiladi (163-b rasm). Agar magnit olib qo‘yilsa, tokli o‘tkazgich
o‘z holatiga qaytadi. Magnitning qutblari almashtirilib o‘rnatilsa,
o‘tkazgich magnitdan itariladi. Agar zanjirda tokning yo‘nalishi
o‘zgartirilsa, o‘tkazgich magnitga tortiladi.
162-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |