42-§. Elektromagnit rele
«Rele» so‘zi fransuzcha bo‘lib, «almashtirib
qo‘shish» degan ma’noni bildiradi. Bu nom bilan
Fransiyada aloqa bo‘limlari atalgan. Aloqa bo‘lim-
larida aloqa aravalarining charchagan otlari yangi-
lariga almashtirib turilgan.
Elektromagnit rele yakori (2) ning tortili-
shi uchun elektromagnitli zanjirga kichik kuch-
lanishli, masalan, 1,5−4,5 V kuchlanishli manba
ulanadi. Bunda yakorning elektromagnitga tortili-
shi uchun chulg‘amdan kuchsiz tok o‘tkazilishi kifoya. Ishchi zanjiri esa
katta kuchlanishli, masalan, 220−5
000 V kuchlanishli elektr tarmoqqa
ulangan bo‘lib, undan katta tok o‘tadi. Rele kichik kuchlanishli zanjir
yordamida katta kuchlanishli zanjirlarni ulab-uzishga imkon beradi.
Elektrotexnik sxemalarda elektromagnit rele va kontaktlarning belgi-
lanishi 158-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |