Shakl hosil qilish uchun buyumlar sirtiga elektrolitik usulda
metall yugurtirish galvanoplastika deb ataladi.
Hozirgi zamon texnologiyasi, kompyuter texnikasi bilan uyg‘un-
lashgan galvanoplastika bosmaxonalarda keng qo‘llaniladi. Matbaa sanoatida
galvanoplastika sinkografik klishelardan galvanoplastik nusxalar olishda
ham foydalaniladi. Galvanoplastik usul nafaqat matnli, balki rasmli
kitoblarni ham yuz minglarcha nusxada bosib chiqarishga imkon beradi.
1. Elektroliz yordamida mis qanday ajratib olinadi?
2. Yana qanday metallarni elektroliz yordamida ajratib olish mumkin?
3. Idish-buyumlar sirti qay tarzda qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplanadi?
4. Galvanostegiya deb qanday jarayonga aytiladi?
5. Galvanoplastika nima? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
«Elektrolizning ahamiyati» mavzusida referat tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |